Psalms 122
Ziyorat qoʻshigʻi.
1Ey samolarda taxt qurgan Xudo!Koʻzlarimni Senga tikaman.
2Ey Egamiz Xudo!
Bizga shafqatingni koʻrsatgin deya,
Biz Sendan umid qilamiz.
Xoʻjayini qoʻliga qaragan
Qullarning koʻzlari kabi,
Bekasining qoʻliga qaragan
Choʻri qizning koʻzlari kabi,
Koʻzlarimiz Senga qadalgan.
3Shafqat qil, ey Egam, shafqat qil bizga,
Koʻrgan xoʻrliklarimiz yetib ortar.
4Begʻamlarning masxaralashi jonimizdan toʻydirdi,
Kiborlarning haqoratidan pichoq borib suyakka yetdi.
Copyright information for
UznUzbL