Psalms 123
Dovudning ziyorat qoʻshigʻi.
1Endi Isroil shunday desin:“Egamiz biz tomonda boʻlmasa edi,
2Ha, Egamiz biz tomonda boʻlmasa edi,
Gʻanimlarimiz bizga hujum qilganda,
3Ular bizga gʻazabini sochganda,
Bizni tiriklayin yutgan boʻlardi.
4Toʻfon bizni girdobiga tortgan boʻlardi,
Sel bizni bosib olgan boʻlardi.
5Pishqirgan suvlar ustimizdan bosgan boʻlardi.”
6Egamizga olqishlar boʻlsin,
Yirtqich tishlarga bizni oʻlja qilib qoʻymadi.
7Biz ovchining tuzogʻidan qutulgan
Qushlarga oʻxshaymiz.
Tuzoq sinib, biz qutuldik.
8Yeru osmonni yaratgan Egamizdan
Bizga madad keladi.
Copyright information for
UznUzbL