Psalms 127
Ziyorat qoʻshigʻi.
1Ey Egamizdan qoʻrqqanlar, hammangiz baxtlisiz,Ey Uning yoʻlidan yuradiganlar, sizlar baxtlisiz.
2Mehnatingiz samarasini yeysiz,
Baxtli boʻlib, huzur–halovatga yetasiz.
3Xotiningiz hovlingizdagi serhosil
Uzum tokiga oʻxshagan boʻladi.
Dasturxoningiz atrofidagi bolalaringiz
Yosh zaytun koʻchatiga oʻxshagan boʻladi.
4Ey Egamizdan qoʻrqadiganlar,
Shu tariqa baraka topasiz.
5Egamiz Quddusdan turib sizga baraka bersin,
Umringiz boʻyi Sionning gullab–yashnashini koʻring.
6Yashayvering siz, nevara–chevara koʻring,
Isroil uzra tinchlik boʻlsin!
Copyright information for
UznUzbL