‏ Psalms 136

1Bobildagi daryolar boʻyida oʻtirardik,
Yigʻlab, u yerlarda Quddusni
Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu sanoning 3–oyatida ham bor). 2:6 izohiga qarang.
eslardik.
2Liralarimizni oʻsha yerdagi tollarga osib qoʻygandik.
3Bizni u yerda asirga olganlar:
“Qoʻshiq aytib beringlar”, derdilar,
Bizga zulm qilganlar koʻngillarini chogʻ qilgani:
“Bizga Quddus qoʻshiqlaridan kuylanglar”, derdilar.

4Qanday qilib begona yurtda
Biz Egamizga qoʻshiq kuylay olardik?!
5Ey Quddus, agar seni unutsam,
Oʻng qoʻlim qurib qolsin.
6Agar men seni eslamasam,
Quddusni eng katta shodligim deb bilmasam,
Tilim tanglayimga yopishib qolsin.

7Ey Egam, Quddus qulagan kunda
Edomliklar
Edomliklar — azaldan Isroil xalqiga dushman boʻlib kelgan xalq, ularning yurti Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. Bobilliklar Quddusni vayron qilganlarida, Edom xalqi ularga yordam bergan edi (yana Hizqiyol 35:5 va Obodiyo 10-14–oyatlarga qarang). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EDOM soʻziga qarang.
nima qilganini yodda tutgin.
Axir, ular: “Qulating, yiqiting uni!
Poydevorigacha qulatib tashlang!” deb baqirgan.

8Ey Bobil shahri! Qirgʻinga mahkum boʻlgansan
Qirgʻinga mahkum boʻlgansan — yoki Ey qotil!
.
Bizga ne qilgan boʻlsang,
Oʻshani boshingga soladiganlar baxtlidir.
9Sening goʻdaklaringni ushlab, qoyaga urib,
Tilka–pora qiladiganlar baxtlidir.
Copyright information for UznUzbL