Psalms 137
Dovud sanosi.
1Ey Egam, chin dildan Senga shukrona aytaman,Farishtalar ▼
▼ Farishtalar — ibroniycha matnda Elohim, 8:6 izohiga qarang.
oldida Sening madhingni kuylayman.2Muqaddas Maʼbading oldida sajda qilaman,
Sodiq sevging, sadoqating uchun Oʻzingga shukrona aytaman,
Nomingni ham, soʻzingni ham har narsadan yuqori qoʻygansan.
3Chaqirganimda, menga javob bergansan,
Qudrating bilan meni jasur qilgansan.
4Ey Egam, zamin shohlari Senga shukur aytadi,
Ogʻzingdan chiqqan soʻzlarni ular eshitganlar.
5Ey Egam, ishlaringni ular kuylasinlar!
Zero, Sening shuhrating buyukdir!
6Garchi Sen yuksak boʻlsang–da, xor boʻlganlarga boqasan,
Kiborlarni Sen uzoqdan ham bilasan.
7Kulfatda yursam ham, dushmanlarim gʻazabidan saqlaysan,
Oʻng qoʻlingni uzatib, meni qutqarasan.
8Ey Egam, men uchun qasos olasan ▼
▼ …men uchun qasos olasan — yoki …mening hayotim uchun qoʻygan oʻz maqsadingni bajarasan yoxud …menga ezgulik qilasan.
.Sodiq sevging to abad davom etar,
Oʻzing yaratganlarni tark etmagin.
Copyright information for
UznUzbL