Psalms 139
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.2Yomonlardan meni qutqar, ey Egam,
Zoʻravonlardan himoya qil meni.
3Ular yuraklarida qabihlikni qasd qiladi,
Doimo urush–janjallarni qoʻzgʻaydi.
4Ular tillarini ilonday oʻtkir qiladi,
Tillaridan ilon zahri tomadi.
5Ey Egam, meni qabihlarning qoʻlidan qutqar,
Yiqitmoqchi boʻlgan zoʻravonlardan meni himoya qil.
6Takabburlar men uchun tuzoq qoʻyganlar,
Ular toʻrlarining iplarini yoyganlar,
Yoʻlim boʻylab menga qopqon qoʻyganlar.
7Ey Egam, Senga aytaman: “Sen Mening Xudoyimsan.”
Quloq sol, ey Egam, Senga iltijo qilaman.
8Ey Egam Rabbiy, qudratli najotkorim!
Jang kunida boshimni omon saqlading.
9Ey Egam, fosiqning istagini bajo qilmagin,
Ularning qabih rejalariga omad bermagin,
Ular magʻrurlanib ketmasin.
10Atrofimni oʻrab olganlarning tahdidlari,
Oʻzlarining boshiga kelsin.
11Yonayotgan koʻmir choʻgʻi oʻzlariga yogʻilsin,
Ular olovga, iflos chuqurlarga uloqtirilsin–u,
Aslo qaytib chiqmasin.
12Tuhmatchilarga yurtda aslo joy boʻlmasin, koʻkarmasin,
Falokat zolimning izidan tushib, uni yoʻq qilsin.
13Bilaman, ey Egam, mazlumni himoya qilasan,
Bechoraholni adolat ila qoʻllab–quvvatlaysan.
14Solihlar albatta Senga shukrona aytadi,
Toʻgʻri insonlar huzuringda istiqomat qiladi.
Copyright information for
UznUzbL