Psalms 141
Dovud gʻorda boʻlgandan keyin ▼▼ Dovud gʻorda boʻlgandan keyin… — 1 Shohlar 22:1-2 da yoki 1 Shohlar 24:1-22 da tasvirlangan voqeaga ishora. aytgan qasidasi ▼▼ qasida — 31–sanoning izohiga qarang.. Ibodat.
1Ey Egam, Senga qattiq faryod qilaman,Ey Egam, Senga qattiq yolvoraman.
2Dardlarimni Senga toʻkib solaman,
Qaygʻularimni Sening oldingda aytaman.
3Ruhim soʻlgʻin boʻlganda,
Yoʻllarimni Sen bilasan.
Men yuradigan soʻqmoqlarda
Gʻanimlarim menga tuzoq qoʻyishgan.
4Oʻng tomonimga qarab koʻr:
Menga eʼtibor beradigan biron kimsa yoʻq.
Hech qayerga qochib keta olmayman,
Men uchun hech kim qaygʻurmas.
5Senga yolvorib aytaman, ey Egam:
“Sen mening panohimsan,
Bu dunyodagi xavfsizligim Sensan.”
6Faryodimga quloq solgin,
Axir, oyoq osti boʻlib ketdim–ku.
Meni taʼqib qiluvchilardan qutqar,
Ular mendan gʻoyat kuchlidirlar.
7Meni tutqunlikdan chiqarib olgin,
Toki Senga shukrona aytay.
Menga ezgulik qilganing uchun
Solihlar atrofimni oʻrab oladi.
Copyright information for
UznUzbL