Psalms 143
Dovud sanosi.
1Egamga, suyangan qoyamga olqishlar boʻlsin,U qoʻllarimni urushga, barmoqlarimni jangga oʻrgatgan.
2Egam doim menga sodiqdir,
U mening qalʼam, qoʻrgʻonim, xaloskorimdir.
Ha, Egam mening qalqonim,
Unda men panoh topaman,
Xalqlarni ▼
▼ Xalqlar — Qumron qoʻlyozmalaridan, koʻplab ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy suryoniycha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Xalqim.
U menga boʻysundiradi.3Ey Egam, inson zoti kimdirki, unga eʼtibor bersang?!
Bandalar ▼
▼ Bandalar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Inson oʻgʻli. Bu ibroniycha ibora koʻchma maʼnoda ishlatilib, odamning oʻtkinchi ekanligini bildiradi.
kimdirki, ular haqda oʻylasang?!4Inson umri ogʻizdan chiqqan nafasga oʻxshar,
Odamzodning hayoti oʻtkinchi soyaga oʻxshar.
5Ey Egam, koʻklarni yorib, pastga tushgin,
Togʻlarga tekkin, ulardan tutun chiqsin.
6Chaqmoq chaqtir, yovlarni tirqiratgin,
Oʻqlaringni ot, ularni sarosimaga solgin.
7Yuqoridan uzat qoʻlingni, meni qutqargin,
Azim suvlardan meni chiqarib olgin,
Begonalar qoʻlidan meni qutqargin.
8Ularning soʻzlari behuda,
Qoʻlini koʻtarib, ular yolgʻon qasam ichadi.
9Ey Xudo, Senga yangi qoʻshiq kuylayman,
Oʻn torli arfa chalib, Seni tarannum etaman.
10Shohlarga Sen zafar ato etasan,
Quling Dovudni shafqatsiz qilichdan qutqarasan.
11Kelgindilarning qoʻlidan
Meni xalos qil, qutqargin.
Ularning soʻzlari behuda,
Qoʻlini koʻtarib, ular yolgʻon qasam ichadi.
12Oʻgʻillarimiz yoshligida yaxshi oʻsgan koʻchatga oʻxshasin,
Qizlarimiz saroyning oʻymakor ustunlariga oʻxshasin.
13Omborlarimiz noz–neʼmatlarga toʻlib–toshsin,
Qoʻylarimiz minglab, oʻn minglab yaylovlarda koʻpaysin.
14Hoʻkizimiz ogʻir yuklarni tortsin ▼
▼ Hoʻkizimiz ogʻir yuklarni tortsin… — yoki Hoʻkizlarimiz semirsin… yoxud Chorvamiz buzoqlar tugʻsin….
,Devorlarimiz darz ketmasin,
Odamlarimiz surgun boʻlmasin,
Koʻchalarimizda oh–voh, gʻamu kulfat boʻlmasin.
15Naqadar baxtlidir bunday insonlar!
Baxtlidir Xudoni Egamiz deb bilgan xalq!
Copyright information for
UznUzbL