Psalms 147
1Egangni olqishlagin, ey Quddus!Xudoyingga hamdu sano ayt, ey Sion!
2Darvozalaring tambalarini U mustahkam qiladi,
Ichingdagi bolalaringga U baraka beradi.
3Shohligingga U tinchlik ato qiladi,
Bugʻdoyning eng yaxshisi bilan toʻydiradi.
4Xudo amrlarini yer yuziga yuboradi,
Uning aytgan soʻzlari tez yoyiladi.
5U qorni oppoq koʻrpaday yoyadi,
Qirovni kul kabi sochadi.
6Doʻlni ushoq kabi yogʻdiradi,
Uning sovugʻi oldida kim bardosh bera oladi?!
7Kalomini yuborib, Egamiz muzlarni eritadi,
Shamolini esdirib, suvlar oqizadi.
8Yoqub nasliga soʻzini ayon qiladi,
Qonun–qoidalarini Isroilga bildiradi.
9Boshqa xalqlarga Egamiz shunday qilmadi,
Oʻsha xalqlar Uning qonunlarini bilmaydi.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Copyright information for
UznUzbL