‏ Psalms 148

1Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin samolardan,
Unga hamdu sanolar boʻlsin falaklardan!
2Ey Uning farishtalari,
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Ey Uning samoviy lashkarlari,
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

3Unga hamdu sanolar boʻlsin, ey quyosh, ey oy,
Hamdu sanolar boʻlsin Unga, nurli yulduzlar!
4Hamdu sanolar boʻlsin Unga, ey falaklar toqi,
Ey samolar uzra joylashgan suvlar!
samolar uzra joylashgan suvlar — Ibtido 1:6-8 ga qarang.

5Egamizga hamdu sano aytsin ular,
Egamizning amri bilan yaratilgan ular.
6Egamiz bir farmon bilan ularni to abad joyiga oʻrnashtirdi,
Bu farmon bekor qilinmaydi.

7Yer yuzidan Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Ey jamiki tubsiz suvlar, dengiz maxluqlari,
8Ey chaqmoq, qor, doʻl, bulutlar,
Uning amriga boʻysunuvchi boʻronlar
Egamizga hamdu sanolar ayting!

9Madhiyalar ayting Unga, ey togʻlar, jamiki qirlar,
Mevali daraxtlar, jamiki sadr daraxtlari!
10Hamdu sano ayting Unga,
Ey yovvoyi hayvonlar, jamiki chorva,
Sudralib yuruvchilaru uchar qushlar!

11Madhiyalar ayting Unga,
Ey zamindagi shohlar, jamiki xalqlar,
Shahzodalar, zamindagi hamma hukmdorlar!
12Unga hamdu sano ayting yigitlar, qizlar,
Yoshu qari — hammangiz birga.

13Hammasi Egamizga hamdu sano aytsin,
Yolgʻiz Uning nomi yuksakdir,
Shuhrati zaminu osmondan balanddir.
14Egamiz Oʻz xalqini qudratli qildi
…Oʻz xalqini qudratli qildi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …Oʻz xalqi uchun bir shox chiqardi. Eski Ahdda buqaning shoxi koʻpincha koʻchma maʼnoda ishlatilib, kuchli hukmdorga yoki harbiy qudratga ishora qilgan.
.
Shu bois taqvodorlari Uni ulugʻlamoqda,
Qadrdoni Isroil xalqi Uni madh etmoqda.

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Copyright information for UznUzbL