‏ Psalms 149

1Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Egamizga yangi bir qoʻshiq ayting,
Taqvodorlar jamoasiga hamdu sano ayting.
2Isroil oʻz Yaratuvchisi tufayli quvonsin,
Quddus
Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.
xalqi oʻz Shohidan shod boʻlsin.
3Egamizga ular raqs ila hamdu sano aytsin,
Doira, lira Unga atab kuy chalsin.
4Egamiz Oʻz xalqidan xushnuddir,
Mazlumlarga najotni toj qilib kiydiradi.
5Erishgan sharafi tufayli taqvodorlar shod boʻlsin,
Toʻshaklarida yotganlarida shodlanib qoʻshiq aytsin.
6Xudoga hamdu sano tillaridan tushmasin,
Qoʻllarida dudama qilichlar boʻlsin,
7Toki yot xalqlardan qasos olsin,
Elatlarga jazosini bersin,
8Ularning shohlarini zanjirband qilsin,
Aslzodalariga temir kishanlar solsin.
9Ular ustidan Xudoning hukmini ijro etsin,
Taqvodorlari uchun sharaf shudir.

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Copyright information for UznUzbL