‏ Psalms 150

1Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Xudoga hamdu sanolar boʻlsin muqaddas maskanida,
Unga hamdu sanolar boʻlsin
Samoda — mustahkam qalʼasida.
2Qudratli ishlari uchun Unga hamdu sanolar boʻlsin,
Tengsiz buyukligi uchun madhiyalar boʻlsin.

3Unga hamdu sano ayting burgʻu chalib,
Unga hamdu sano ayting arfa, lira chalib.
4Doira chalib, raqs ila Unga hamdu sano ayting,
Torli asbob, nay chalib, Unga madhiyalar ayting.
5Jarangdor zillar chalib, Unga hamdu sano ayting,
Ohangdor zillarni qattiq chalib, Unga madhiyalar ayting.
6Egamizga hamdu sano ayting,
Ey jamiki tirik jonzotlar!

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Copyright information for UznUzbL