‏ Psalms 22

Dovud sanosi.

1Egam mening choʻponimdir,
Men muhtojlik koʻrmasman aslo.
2Yam–yashil yaylovlarda U menga orom beradi,
Sokin irmoqlar boʻyida U meni yetaklaydi.
3U menga qayta kuch baxsh etadi.
Oʻzining nomi haqi–hurmati
Meni toʻgʻri yoʻlga boshlaydi.

4Ey Egam!
Hatto zulmat vodiysida
zulmat vodiysi — yoki oʻlim vodiysi zulmati.
yursam ham,
Xavf–xatardan qoʻrqmayman,
Axir, Sen men bilan birgasan.
Sening choʻpon tayogʻing
tayoq — yovvoyi hayvonlarni haydab yuborish uchun ishlatilgan.
,
Xiviching
Xivich — qoʻylarga yoʻl koʻrsatish, ularni boshqarish va xavfli joylardan qutqarish uchun ishlatilgan.
meni himoya qiladi.

5Dushmanlarimning koʻz oʻngida
Men uchun dasturxon tuzaysan.
Boshimga moy surtib,
Sen meni hurmat bilan kutib olasan.
Kosamni lazzatli neʼmatlarga lim–lim toʻldirasan.
6Umrim boʻyi Sening mehr–shafqating izimdan yuradi,
Ey Egam, Sening uying to abad mening maskanim boʻladi.
Copyright information for UznUzbL