‏ Psalms 27

Dovud sanosi.

1Senga iltijo qilaman, ey Egam,
Meni eshitmay qolmagin, ey suyangan Qoyam.
Agar menga gapirmay sukut saqlasang,
Qabrga tushgan odam kabi boʻlib qolaman.
2Eshitgin, Senga iltijo qilaman.
Muqaddas maskaningga
maskan — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz Maʼbadning Eng muqaddas xonasiga ishora qiladi.
qoʻllarimni choʻzib,
Faryod qilib, Sendan madad soʻrayman.

3Meni fosiqlarning qatoriga qoʻshmagin,
Ularning qilmishlari yomonlikdir,
Qoʻshnilariga tilyogʻlamalik qiladi,
Yuraklarida esa yovuz niyatdir.
4Qilmishiga yarasha ularga jazo bergin,
Iflosliklariga yarasha jazolagin.
Qabih ishlariga yarasha adabini bergin,
Xizmatiga yarasha ularga qaytargin.
5Ey Egam, ular ishlaringni qadrlamas,
Sening ijodingga eʼtibor qilmas,
Sen ularni yiqitasan,
Ular qaytib tiklanolmas.

6Olqishlar boʻlsin Egamizga,
Iltijolarimni U eshitdi.
7Egam — mening qudratim, qalqonimdir,
Yurakdan Unga umid bogʻlaganman.
Egam menga madad berdi, baxtiyorman.
Qoʻshigʻim ila Unga shukrona aytaman.

8Egamiz Oʻz xalqining qudratidir,
Oʻzi tanlagan shohning najot qoʻrgʻonidir.

9Xalqingga najot ber, ey Egam,
Oʻz elatingga baraka bergin.
Ularning choʻponi boʻlgin,
To abad ularga gʻamxoʻrlik qilgin.
Copyright information for UznUzbL