‏ Psalms 42

1Ey Xudo, oqla meni!
Shakkok xalqqa qarshi daʼvoim bor.
Oʻzing meni himoya qil.
Meni bu yolgʻonchi, adolatsizlardan qutqar.
2Axir, mening panohim — Xudo Sensan,
Nega Sen tark etding meni?!
Ne uchun gʻamga botib yurmogʻim kerak
Dushmanlarimning siquvi dastidan?!

3Yoʻllagin nuringni, haqiqatingni,
Bular menga yoʻl koʻrsatib tursin,
Muqaddas togʻingga
Muqaddas togʻing — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
meni olib borsin,
Sening makoningga meni olib borsin.
4Shunda boraman, ey Xudo, Sening qurbongohingga.
Buyuk shodligimsan, sevinchimsan Sen,
Lira chalib, hamdu sano aytaman Senga,
Ey Xudo, mening Xudoyim!

5Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?
Nega behalovat boʻlasan ichimda?
Xudoga umid bogʻla! Shukur etaman
Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga.
Copyright information for UznUzbL