‏ Psalms 52

1Ijrochilar rahbariga. “Qaygʻu–alam” kuyiga aytiladigan Dovud qasidasi
qasida — 31–sanoning izohiga qarang.
.

2Ahmoqlar
Ahmoqlar — 13:1 izohiga qarang.
oʻz koʻnglida: “Xudo yoʻq”, deydilar.
Ular yaramaslardir, qilmishi jirkanch ishlardir,
Yaxshilik qiluvchi biron zot yoʻqdir.

3“Idrokli biron zot bormikan?
Bormikan Menga yuz burgan?” deya
Insonga Xudo samodan boqar.
4Hammasi yoʻldan ozgan, birday buzilgan,
Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yoʻqdir,
Hatto bironta ham yoʻq!

5Ular idroksiz, badkirdor,
Xalqimni bir luqma nonday yeb yuboradi,
Hech qachon Xudoga sajda qilmaydi.
6Ana, bosayotir ularni qattiq vahima,
Bunaqasini ilgari koʻrmagan ular.
Xudo sochib tashlar gʻanimlaringning suyaklarini.
Axir, Xudo rad etgan ularni!
Shu bois, ey Isroil, sen ularni sharmanda qilgansan.

7Eh, Quddusdan
Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.
Isroilga najot kelsaydi!
Xudo Oʻz xalqini yana farovonlikka erishtirsaydi,
Shunda Yoqub nasli shod boʻlgay, Isroil sevingay!
Copyright information for UznUzbL