‏ Psalms 61

1Ijrochilar rahbari Yodutunga
Yodutun — 1 Solnomalar 16:41-42, 25:1, 3 ga qarang.
. Dovud sanosi.

2Jonim yolgʻiz Xudoga muntazirdir,
Najot menga Xudodan keladi.
3Ha, Uning Oʻzi suyangan qoyam, najotimdir.
Qalʼam Udir, shu bois aslo qoqilmasman.

4Ey dushmanlar, qachongacha meni turtasizlar?!
Liqillab turgan chetan devorga,
Qiyshaygan devorga hujum qilganday
Hammangiz menga yopishaverasizlarmi?!
5Sizning rejangiz obroʻyimni toʻkishdir.
Yolgʻon–yashiq gaplardan zavq olasiz,
Ogʻzingiz bilan duo qilasiz,
Ichingizda esa laʼnat oʻqiysiz.

6Ey jonim, yolgʻiz Xudoga muntazir boʻlgin,
Umidim manbai Uning Oʻzidir.
7Yolgʻiz Xudodir suyangan qoyam, najotim,
Qalʼam Udir, shu bois qoqilmasman.
8Najotimu sharafim Xudodan kelar,
Qudratli qoyamu panohim Udir.

9Ey xalqim, umid qil Xudodan,
Yuragingni ochgin doimo Unga,
Bizning panohimiz Xudodir.

10Inson zoti bir nafasdir,
Ha, inson zoti yolgʻondir!
Agar tarozida tortib koʻrilsa,
Hammasi birga havodan ham yengil chiqadi.
Ularning aslo vazni yoʻqdir.
11Yulgʻichlikka ishonib qolma,
Talonchilikka behuda umid qilma,
Mabodo boyliging koʻpayib qolsa,
Boyligingga koʻngil bogʻlama.

12Ey Xudo, Sen menga bir narsa aytding,
Shu ikki narsa haqida menga gapirding:
Sen qudratli Xudosan.
13Ey Rabbiy, Sening sevging cheksizdir.
Shu bois Sen har bir insonni
Qilgan ishlariga koʻra, mukofotlaysan.
Copyright information for UznUzbL