Psalms 86
1Koʻrax naslining ▼▼ Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.
sanosi. Qoʻshiq.2Egamiz yaratgan shahar muqaddas togʻda ▼
▼ muqaddas togʻ — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
turibdi,Yoqub naslining barcha maskanlaridan koʻra,
Egamiz Quddus ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu sanoning 4, 5, 6–oyatlarida ham bor). 2:6 izohiga qarang.
darvozalarini koʻproq sevadi.3Ey Xudoning shahri!
Sen toʻgʻringda Xudo ajoyib soʻzlar aytgan:
4“Meni eʼtirof etadiganlar orasida
Misrni ▼
▼ Misr — ibroniycha matnda Rahob, Levitanning yana bir ismi, Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq (73:14 ning birinchi izohiga qarang). Bu oʻrinda Rahob Misrning sheʼriy nomi sifatida kelgan (Ishayo 30:7 ga qarang).
, Bobilni, Filistiyani,Tir ▼
▼ …Filistiya…Tir… — Filistiya Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan yurt edi. Tir Finikiyadagi shahar boʻlib, Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan.
bilan Habashistonni ▼▼ Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi.
ham qayd etaman.Odamlar ularni ham: «Quddusda tugʻilgan», deb aytadi.”
5Ha, Quddus haqida odamlar shu soʻzni aytadi:
“Har biri oʻsha yerda tugʻilgan,
Xudoyi Taoloning Oʻzi Quddusni mustahkam qiladi.”
6Egamiz xalqlarning roʻyxatini tuzib:
“Bu odam ham Quddusda tugʻilgan”, deb yozadi.
7Xonish qilib, raqs tushib ular:
“Hayotim manbai Sendadir”, deb aytadi.
Copyright information for
UznUzbL