‏ Psalms 92

1Egamiz Shohdir, U ulugʻvorlikka burkangan,
Ulugʻvorlikka burkanib, qudrat bilan qurollangan.
Olamni mustahkam oʻrnatgan, olam aslo tebranmas.

2Sening taxting qaror topgan azaldan,
Sen Oʻzing mavjudsan azaldan.
3Dengizlar guvullamoqda, ey Egam,
Dengizlar hayqirmoqda, ey Egam,
Dengizlar toʻlqinlarini koʻtarmoqda.
4Yuksakdagi Egamiz dengiz toʻlqinlaridan ham qudratliroqdir,
Bahaybat suvlarning pishqirishidan ham qudratliroqdir.
5Sening farmonlaring sobitdir,
Uyingga muqaddaslik ziynatdir
Abadulabad, ey Egam!
Copyright information for UznUzbL