‏ Psalms 96

1Egamiz Shohdir, zamin quvonsin,
Dengiz ortidagi hamma yurtlar shod boʻlsin.
2Bulutlar, zimziyo zulmat Uning atrofini oʻragan,
Adolatu haqiqat Uning taxtiga poydevor boʻlgan.
3Egamiz olovini Oʻzidan oldin yuboradi,
Olovi har tarafdagi dushmanlarni yutadi.
4Chaqmoqlari olamni yoritadi,
Zamin buni koʻrib titraydi.
5Butun olamning Rabbiysi oldida,
Egamiz oldida togʻlar mumday eriydi.

6Samolar eʼlon qiladi Uning adolatini,
Jamiki xalqlar koʻradi Uning ulugʻvorligini.
7Butlarga sajda qiluvchilar,
Behuda sanamlari ila maqtanuvchilar
Sharmanda boʻladi.
Barcha xudolar Egamizga taʼzim qiladi.

8Ey Egam! Sening adolatingdan
Yahudo shaharlari shod boʻladi,
Quddus
Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.
eshitib, quvonadi.
9Ey Egam, yer yuzidagi buyuk hukmdor Sensan,
Hamma xudolardan Sen yuksalgansan.

10Ey Egamizni sevganlar!
Yomonlikdan nafratlaning.
U taqvodorlarining jonlarini Oʻzi asraydi,
Fosiqlarning qoʻlidan ularni xalos etadi.
11Solihlarga nur sochilgay,
Yuragi poklar uzra shodlik yoyilgay.
12Ey solihlar, Egamiz tufayli shodlaning,
Uning muqaddas nomini olqishlang!
Copyright information for UznUzbL