‏ Psalms 111

1
Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan sheʼrdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi soʻz ibroniy alifbesi tartibi boʻyicha boshlanadi.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Baxtlidir Egamizdan qoʻrqadigan odam,
Uning amrlarini bajarib zavq oladigan odam!
2Bunday odamning avlodi yurtda qudratli boʻladi,
Toʻgʻri odamning nasli baraka topadi.
3Uning uyida moʻlchilik, boylik boʻladi,
Uning solihligi to abad davom etadi.
4Hatto zulmatda ham toʻgʻri insonga nur yogʻiladi,
Rahmdil, mehribon, solih odamga yogʻdu sochiladi.
5Yaxshi odam saxiy, qarz beradi,
Adolat bilan ish yuritadi.
6Solih hech qachon tebranmaydi,
U to abad unutilmaydi.
7U yomon xabardan qoʻrqmaydi,
Butun yurakdan Egamizga umid bogʻlaydi.
8Yuragi barqarordir, qoʻrquv nimaligini bilmaydi,
Oxiri dushmanlarining magʻlubiyatini oʻz koʻzi bilan koʻradi.
9Boyligini muhtojlarga saxiylik ila taqsimlaydi,
Uning solihligi to abad davom etadi.
U qudratli, hurmatli boʻladi.
10Fosiqlar buni koʻrib, gʻazabga minadi,
Alam qilganidan tishlarini gʻichirlatadi–yu,
Ammo kuchdan qoladi.
Ha, fosiqlarning istagi puchga chiqadi.
Copyright information for UznUzbL