‏ Psalms 120

Ziyorat qoʻshigʻi.

1Togʻlarga tikaman koʻzlarimni,
Qayerdan kelar menga madad?
2Yeru osmonni yaratgan
Egamdan kelar menga madad.

3Qoqilishingga U yoʻl qoʻymas,
U posboningdir, aslo mudramas.
4Ha, Isroilning posbonidir U,
Mudramaydi, uxlamaydi U.

5Egamizdir sening posboning,
Egamizdir yoningdagi soyang sening.
6Kunduzi oftob seni urmas,
Kechasi oy senga zarar yetkazmas.
7Egamiz seni har qanday xatardan asraydi,
Joningni Egamiz omon saqlaydi.
8Hozir va to abad qayerga borsang ham,
Egamiz doim senga posbonlik qiladi.
Copyright information for UznUzbL