‏ Psalms 124

Ziyorat qoʻshigʻi.

1Egamizga umid bogʻlaganlar Sion togʻiga oʻxshar,
Hech qachon tebranmas, to abad mustahkam turar.
2Togʻlar Quddusni oʻraganday,
Hozirdan boshlab, to abad
Egamiz Oʻz xalqini oʻrab olgandir.

3Fosiq shohning saltanat hassasi
saltanat hassasi — bu maxsus hassa boʻlib, shoh va hukmdorlarning hokimiyatini bildiruvchi ramz edi.

Solihlarning yurtida uzoq qolmaydi.
Boʻlmasa solihlar qoʻllarini yomon ishlarga uzatadi.

4Ey Egam, yuragi toʻgʻri boʻlganlarga,
Yaxshilarga yaxshilik qilgin.
5Ey Egam, egri yoʻllarga burilganlarni
Badkirdorlar bilan birga haydab yuborgin.
Isroil uzra tinchlik boʻlsin!
Copyright information for UznUzbL