‏ Psalms 125

Ziyorat qoʻshigʻi.

1Egamiz Quddusni
Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.
yana farovonlikka erishtirganda
Egamiz Quddusni yana farovonlikka erishtirganda… — yoki Egamiz bizni surgundan Quddusga qaytarib olib kelganda….
,
Tush koʻrayotgan odamlarga oʻxshar edik.
2Ogʻzimiz kulgi bilan,
Tillarimiz shodlik qoʻshigʻi bilan toʻla edi.
Shunda xalqlar aytdilar:
“Ular uchun Egamiz buyuk ishlar qildi.”
3Ha, Egamiz biz uchun buyuk ishlar qilgandi,
Biz quvonchga toʻlgandik.

4Nagav choʻlidagi soyliklarni qayta suvga toʻldirganday,
Ey Egam, farovonligimizni qayta tiklagin.
5Koʻz yosh bilan urugʻ ekkanlar
Shodlik qoʻshiqlari ila hosil oʻradi.
6Yigʻlab, urugʻ xaltasini olib boruvchilar
Shodlik qoʻshiqlari bilan qaytib keladi,
Don bogʻlamlarini olib qaytadi.
Copyright information for UznUzbL