Psalms 126
Sulaymonning ziyorat qoʻshigʻi.
1Agar uyni Egamiz qurmasa,Quruvchilarning ishi bekor boʻladi.
Agar Egamiz shaharni qoʻriqlamasa,
Qorovul behuda poyloqchilik qiladi.
2Erta turib, kech yotganingiz ham,
Ovqat topay deb, tortgan mashaqqatingiz ham bekordir.
Egamiz Oʻz sevganlarining ehtiyojini
Uyqularida ham qondiradi ▼
▼ Egamiz Oʻz sevganlarining ehtiyojini Uyqularida ham qondiradi — yoki Egamiz Oʻz sevganlariga uyqu ato qiladi.
.3Oʻgʻillar Egamizdan merosdir,
Farzandlar Undan mukofotdir.
4Yoshligingizda tugʻilgan oʻgʻillaringiz
Jangchining qoʻlidagi oʻqlardaydir.
5Oʻqdoni toʻla shunday inson baxtlidir!
Shahar darvozasi oldida
Dushmani bilan daʼvolashganda,
U sharmanda boʻlib qolmaydi.
Copyright information for
UznUzbL