Psalms 128
Ziyorat qoʻshigʻi.
1Isroil shunday deb aytsin:“Ular yoshligimdan menga koʻp zulm oʻtkazib keldi.
2Ha, yoshligimdan menga zulm oʻtkazib kelgan,
Ammo meni yenga olmaganlar.
3Meni savalab, yelkalarimda chuqur izlar qoldirdilar,
Yaralarim daladagi uzun joʻyaklarga oʻxshar.
4Egamiz adolatparvardir,
Fosiqlarning arqonini qirqib, meni ozod qildi.”
5Quddusdan ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.
nafratlanganlarning hammasiSharmanda boʻlib, ortiga qaytsin.
6Tom ustidagi oʻtlarga ▼
▼ Tom ustidagi oʻtlar — qadimgi Isroilda odatda uylarning tomlari tuproqdan boʻlib, shibbalangan. Baʼzan tomlarda maysalar oʻsib chiqar, lekin quyosh va garmsel taʼsirida tez qurib qolar edi.
oʻxshasin ular,Oʻsmasdan oldin qurib qolsinlar.
7Bunday oʻtga oʻroqchilarning hovuchi toʻlmaydi,
Bogʻlovchilarning quchogʻi toʻlmaydi.
8Oʻtgan–ketganlar ularga:
“Egamiz sizlarga baraka bersin,
Egamiz nomi bilan sizlarni duo qilamiz!” deb aytmasin.
Copyright information for
UznUzbL