Psalms 129
Ziyorat qoʻshigʻi.
1Ey Egam, tubsiz suvlardan Senga nola qilaman.2Ey Rabbiy, mening ovozimni eshitgin!
Iltijolarimga diqqat ila quloq solgin!
3Ey Egam, gunohlarni hisobga olsang agar,
Ey Rabbiy, kim ham bardosh bera olar?!
4Ammo Sen kechirimlisan,
Shu bois Sendan qoʻrqamiz.
5Egamga umid bogʻlayman,
Ha, jonim Unga talpinadi.
Uning kalomiga umid bogʻlayman.
6Tongni kutgan posbondan ham koʻproq,
Ha, tongni kutgan posbondan ham koʻproq
Mening jonim Rabbiyga talpinadi.
7Ey Isroil! Umid qilgin Egamizdan!
Egamiz sodiq sevgisini koʻrsatadi.
Qutqarishga U doim tayyor!
8Isroilni barcha gunohlaridan qutqaradigan
Uning Oʻzidir.
Copyright information for
UznUzbL