‏ Psalms 130

Dovudning ziyorat qoʻshigʻi.

1Ey Egam, yuragimda magʻrurlik yoʻq,
Koʻzlarim aslo kiborlarcha boqmaydi.
Menga gʻoyat hayratli boʻlgan, buyuk ishlar bilan
Men oʻzimni band qilmayman.
2Bola onasi bagʻrida tinchlanganday,
Men ham yengil tortib, tinchlanganman.
Ha, jonim tinchlangan.

3Ey Isroil! Hozir ham, abadulabad Egamizdan umid qilgin!
Copyright information for UznUzbL