Psalms 131
Ziyorat qoʻshigʻi.
1Ey Egam, eslagin Dovudni,U tortgan barcha azob–uqubatlarni!
2Ey Egam, u Senga qasam ichgandi.
Ey Yoqubning qudratli Xudosi,
U Senga vaʼda bergandi:
3“Men aslo uyimga kirmayman,
Yoki oʻrnimga yotmayman.
4Koʻzlarimga uyqu bermayman,
Qovoqlarim yumilishiga yoʻl qoʻymayman.
5Egamiz uchun bir joy topmagunimcha,
Yoqubning qudratli Xudosi uchun
Bir maskan boʻlmaguncha aslo dam olmayman.”
6Ahd sandigʻi Efratda ▼
▼ Efrat — Baytlahm shahri atrofidagi yerlar.
, deb eshitgandik,Biz uni Yoʻr ▼
▼ Yoʻr — Xirat–Yoʻrimning qisqa shakli boʻlishi mumkin. Xirat–Yoʻrim Quddusdan 15 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan shahar edi. Filist xalqi jangda Ahd sandigʻini oʻlja qilib olgan edi. Isroil xalqi Ahd sandigʻini ulardan tortib olib, mana shu yerga olib kelgan edi (1 Shohlar 6:13-7:2 ga qarang).
dalalarida topib oldik.7“Egamizning maskaniga boraylik,
Uning poyiga sajda qilaylik”, dedik.
8Qani, kel, ey Egam, oromgohingga
Qudrating ramzi boʻlgan Sandiq bilan birga.
9Ruhoniylaring solihlikni kiysinlar,
Taqvodorlaring shodlikdan kuylasinlar!
10Oʻz quling Dovudning haqi–hurmati,
Tanlagan shohingni rad qilmagin.
11Ey Egam, Sen Dovudga ont ichgan eding,
Sen shu ontingdan aslo qaytmay deysan:
“Oʻzingdan bino boʻlgan oʻgʻillaringdan
Birini sening taxtingga oʻtqazaman.
12Agar oʻgʻillaring Mening ahdimga rioya qilsa,
Ularga oʻrgatgan amrlarimga itoat etsa,
Ularning oʻgʻillari ham
Shoh boʻlib, to abad sening taxtingda oʻtiradi.”
13Ey Egam, Sen Quddusni ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.
tanlagansan,U yerni Oʻzingga maskan qilishni istagansan.
14Sen shunday deding:
“Men to abad yashaydigan joy shu joydir,
Bu yerda istiqomat qilishni istaganman.
15Uning ozuqalariga moʻl qilib baraka beraman,
U yerdagi faqirlarni toʻydiraman.
16Ruhoniylarni najotga burkayman,
Taqvodorlari shodlikdan kuylaydilar!
17Dovudning naslini bu yerda koʻkartiraman,
Oʻzim tanlagan shohning chirogʻini oʻchirmayman.
18Uning gʻanimlarini sharmandalikka oʻrayman,
Shohning boshidagi toji esa porlab turaveradi.”
Copyright information for
UznUzbL