Psalms 132
Dovudning ziyorat qoʻshigʻi.
1Naqadar yaxshidir,Yoqimlidir birodarlar birga ahil yashasalar.
2Ahillik Horunning boshiga surtilgan,
Soqoligacha oqib tushgan qimmatbaho moydaydir ▼
▼ qimmatbaho moy — Chiqish 30:22-33 ga qarang.
,Kiyimlari yoqasidan oqib tushgan moy kabidir.
3Sion togʻlariga keladigan baraka ▼
▼ baraka — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi shabnam. Shabnam Xudo marhamatining ramzidir. Xudoning Sion togʻiga bergan moʻl–koʻl barakasi Xermon togʻiga tushadigan moʻl shabnamga taqqoslangan. Xermon togʻi hozirgi Suriyaning eng baland togʻidir. Quddus va Maʼbad joylashgan togʻlar undan anchagina past edi.
Xermon togʻidagi moʻl shabnamga oʻxshaydi.
Siondan Egamiz Oʻz barakasini va abadiy hayotni beradi.
Copyright information for
UznUzbL