‏ Psalms 134

1Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Egamizning nomiga madhiyalar boʻlsin!
Hamdu sano ayting, ey Egamizning qullari,
2Ey Egamizning uyida xizmat qiladiganlar,
Ey Egamiz uyining hovlisida xizmat qiladiganlar!
3Egamizga hamdu sanolar boʻlsin,
U yaxshidir!
Tarannum eting Uni, bu
bu — yoki U.
yoqimlidir.
4Egamiz Oʻzi uchun Yoqub naslini tanladi.
Ha, Oʻzimning xazinam deb, Isroil xalqini tanladi.

5Ha, bilaman, Egamiz ulugʻdir,
Rabbimiz barcha xudolardan yuksakdir.
6Osmonda ham, zaminda ham,
Dengizlarda, jamiki tubsiz suvlarda
Egamiz istaganini qiladi.
7U yerning toʻrt tomonidan bulutlarni olib keladi,
Yomgʻir bilan birga chaqmoq yuboradi,
Omborlaridan shamol olib keladi.

8Egamiz Misrning toʻngʻichlarini,
Inson hamda hayvonlarning birinchi tugʻilganlarini nobud qildi
Egamiz Misrning toʻngʻichlarini…nobud qildi — Chiqish 12:29-30 ga qarang.
.
9Firʼavn va uning hamma aʼyonlariga qarshi
Misrning orasiga Egamiz alomatu moʻjizalarni yubordi
Firʼavn va uning hamma aʼyonlariga qarshi…Egamiz alomatu moʻjizalarni yubordi — Chiqish 7:8-11:10 ga qarang.
.
10U koʻp ellar, xalqlarni qirgan,
Qudratli shohlarni boʻgʻizlagan.
11Amor xalqining shohi Sixoʻnni, Bashan shohi Oʻgni hamda
Kanʼonning barcha shohlarini qirgan
Amor xalqining shohi Sixoʻnni, Bashan shohi Oʻgni…qirgan — Sahroda 21:21-35 va Qonunlar 2:24-3:11 ga qarang.
.
12Ularning yerini Isroil xalqiga mulk qilib berdi.

13Egamizning nomi to abad davom etar,
Egamizning shuhrati nasllar osha davom etar.
14Egamiz Oʻz xalqiga adolat qiladi,
Oʻz qullariga rahm–shafqat qiladi.

15Xalqlarning xudolari esa kumush, oltindan,
Inson qoʻllarining mahsulidir.
16Butlarning ogʻizlari bor, soʻzlay olmaslar,
Koʻzlari bor, koʻra olmaslar.
17Quloqlari bor ularning, eshita olmas,
Ular aslo nafas ololmas.
18Butlarni barpo qilganlar, butlarga ishonganlar
Xuddi ularga oʻxshagan boʻlib qolar.

19Ey Isroil xalqi, olqishlar ayting Egamizga!
Ey Horun xonadoni
Horun xonadoni — Horunning avlodi Maʼbadda ruhoniy boʻlib xizmat qilgan.
, madhiyalar ayting Egamizga!
20Ey Levi xonadoni
Levi xonadoni — Maʼbaddagi xizmatlarda ruhoniylarga yordam beradigan Levi qabilasining aʼzolari.
, olqishlar ayting Egamizga!
Ey Egamizdan qoʻrqqanlar, madhiyalar ayting Unga!
21Quddusda istiqomat qiladigan Egamizga
Sionda olqishlar ayting!

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Copyright information for UznUzbL