Psalms 135
1Shukrona ayting Egamizga, U yaxshidir!Uning sodiq sevgisi abadiydir.
2Shukrona ayting xudolarning Xudosiga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
3Shukrona ayting egalarning Egasiga ▼
▼ xudolarning Xudosi…3…egalarning Egasi — Qonunlar 10:17 izohiga qarang.
,Uning sodiq sevgisi abadiydir.
4Shukrona ayting Xudoga,
Faqatgina U buyuk ajoyibotlar koʻrsatadi.
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
5Shukrona ayting donolik bilan samolarni yaratganga ▼
▼ …samolarni yaratganga… — Ibtido 1:1, 6-8, 14 ga qarang.
,Uning sodiq sevgisi abadiydir.
6Shukrona ayting suvlar uzra yerni barpo qilganga ▼
▼ …suvlar uzra yerni barpo qilganga… — 23:2 izohiga qarang.
,Uning sodiq sevgisi abadiydir.
7Shukrona ayting ulkan yoritqichlarni yaratganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
8Kunduzi nur sochib tursin deya,
Quyoshni yaratganga shukrona ayting.
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
9Tun uzra nur sochib tursin deya,
Yulduzlaru oyni yaratganga shukrona ayting.
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
10Shukrona ayting Misrning toʻngʻichlarini urganga ▼
▼ …Misrning toʻngʻichlarini urganga… — Chiqish 12:29-30 ga qarang.
,Uning sodiq sevgisi abadiydir.
11Shukrona ayting Misrdan Isroilni olib chiqqanga ▼
▼ …Misrdan Isroilni olib chiqqanga… — Chiqish 6:6, 13:3-4 ga qarang.
,Uning sodiq sevgisi abadiydir.
12Shukrona ayting yoʻgʻon bilaklariyu
Kuchli qoʻli ila Isroilni olib chiqqanga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
13Shukrona ayting Qizil dengizni ▼
▼ Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, maʼnosi Qamish dengizi (shu sanoning 15–oyatida ham bor). 105:7 izohiga qarang.
ikkiga boʻlganga ▼▼ …Qizil dengizni ikkiga boʻlganga… — Chiqish 14:1-31 ga qarang.
,Uning sodiq sevgisi abadiydir.
14Shukrona ayting Isroilni dengiz oʻrtasidan oʻtkazganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
15Shukrona ayting firʼavn va uning lashkarlarini
Qizil dengizga uloqtirganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
16Shukrona ayting Oʻz xalqini sahro boʻylab olib oʻtganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
17Shukrona ayting buyuk shohlarni halok qilganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
18Shukrona ayting qudratli shohlarni qirganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
19Shukrona ayting Amor xalqining shohi Sixoʻnni oʻldirganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
20Shukrona ayting Bashan shohi Oʻgni oʻldirganga ▼
▼ …Amor xalqining shohi Sixoʻnni oʻldirganga…20…Bashan shohi Oʻgni oʻldirganga… — Sahroda 21:21-35 va Qonunlar 2:24-3:11 ga qarang.
,Uning sodiq sevgisi abadiydir.
21Shukrona ayting ularning yerini
Oʻz xalqiga mulk qilib berganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
22Shukrona ayting u yerlarni
Oʻz quli Isroilga mulk qilib berganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
23Shukrona ayting xor boʻlganimizda bizni eslaganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
24Shukrona ayting bizni dushmanlarimizdan qutqarganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
25Shukrona ayting barcha jonzotlarni oziqlantiradiganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
26Shukrona ayting Samoviy Xudoga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
Copyright information for
UznUzbL