‏ Psalms 138

Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

1Ey Egam, meni Oʻzing sinab koʻrib, bilgansan,
2Qachon oʻtirib, qachon turishimni Oʻzing bilasan,
Oʻy–xayollarimni uzoqdan turib anglab olasan,
3Yurishimni, yotishimni Sen tekshirasan,
Barcha yoʻllarim Senga oyday ravshandir.
4Biron soʻz tilimga kelmasdan oldin,
Ey Egam, Sen hammasini bilasan.
5Meni hamma tomondan oʻrab olgansan,
Qoʻllaringni ustimga qoʻygansan.
6Donoliging men uchun juda ajoyibdir,
Shu qadar yuksakki, men anglay olmasman.

7Sening Ruhingdan qochib, qayerga ham bora olaman?!
Sening huzuringdan qayerga ham keta olaman?!
8Agar osmonga chiqsam, Sen oʻsha yerdasan!
Oʻliklar diyoriga
Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang.
tushsam ham, Sen oʻsha yerdasan!
9Saharning qanotlarini olib parvoz qilsam,
Dengizning eng uzoq chetlariga oʻrnashsam,
10Hatto u yerda ham qoʻllaring meni yetaklar,
Oʻng qoʻling meni quvvatlar.
11Agarda: “Shubhasiz, meni zulmat qamrab oladi,
Atrofimda kunduz tunga aylanadi”, deb aytsam,
12Hatto zulmat ham Sen uchun qorongʻi emas,
Tun kunduz kabi nur sochar,
Tunu kunduz Sen uchun birdir.

13Ichki aʼzolarimni Sen yaratgansan,
Onamning qornida menga shakl bergansan.
14Senga shukrona aytaman.
Axir, qanday ajoyib qilib yaratilganman!
Sening barcha ishlaring naqadar ajoyib,
Buni men juda yaxshi bilaman.
15Men pinhon yaratilganimda,
Yerning tubida
Yerning tubi — ona qorniga ishora qilayotgan koʻchma maʼnodagi ibora (yana Ayub 1:21 ga qarang).
mahorat ila toʻqilganimda,
Suyaklarim Sendan yashirin emas edi.
16Koʻzlaring koʻrgandi homila ekanimni.
Menga ajratilgan kunlar kelmasdan,
Hammasi kitobingga yozilgandi.
17Sening niyatlaring, ey Xudo, menga qadrlidir,
Niyatlaringning son–sanogʻi naqadar koʻpdir.
18Qumdan ham koʻp boʻlardi agar ularni sanaganimda,
Uygʻonganimda qarasam, hamon men bilan ekansan birga.

19Ey Xudo, koshki fosiqni oʻldirsang edi,
Qonxoʻr mendan uzoqlashsa edi,
20Sen haqingda ular fitna qiladilar,
Dushmanlaring Sening noming bilan yolgʻon qasam ichadilar.
21Ey Egam! Sendan nafratlanganlardan men nafratlanmaymanmi?!
Senga qarshi isyon qilganlardan men jirkanmaymanmi?!
22Ulardan butunlay nafratlanaman,
Ularni oʻzimning dushmanim deb bilaman.

23Tekshirib koʻr meni, ey Xudo, yuragimni bil,
Sinab koʻr meni, tashvishlarimni bil.
24Bilgin–chi, mening biron qabihligim bormikan?
Meni abadiy yoʻldan
abadiy yoʻl — yoki qadimgi yoʻl, yaʼni vaqt sinovlariga bardosh bergan ishonchli yoʻl (Yeremiyo 6:16 ga qarang).
yetaklab borgin.
Copyright information for UznUzbL