‏ Psalms 140

Dovud sanosi.

1Senga yolvoraman, ey Egam, yonimga tez kelgin,
Senga yolvorganimda ovozimga quloq solgin.
2Ibodatimni tutatqi nazriday qabul qilgin,
Qoʻllarimni koʻtarganimni kechki qurbonlik deb bilgin.

3Ey Egam, ogʻzimga posbon qoʻygin,
Lablarim eshigini qoʻriqlagin.
4Yuragimni qabihlikka burmagin,
Yomon ishlarga qoʻshilishimga yoʻl qoʻymagin,
Badkirdorlarning jamoasida
Ziyofatlarini yeyishimga yoʻl qoʻymagin.
5Mayli, solih odam meni uraversin,
Sodiq odam meni toʻgʻrilasin,
Boshim shunday aʼlo moyni rad qilmasin.

Mening ibodatim muttasil
Badkirdorlarning qabih ishlariga qarshidir.
6Ularning hakamlari qoyadan uloqtiriladi,
Shunda fosiqlar soʻzlarim haq ekanligini bilib olishadi.
7Badkirdorlar aytar: “Shudgor qilinib, parchalangan yerday,
Suyaklarimiz qabr
qabr — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang.
ogʻzida maydalanib, sochilib yotibdi.”

8Koʻzlarim Sendadir, ey Egam Rabbiy,
Sendan panoh izlayman,
Meni tashlab qoʻymagin.
9Badkirdorlarning qopqonlaridan,
Ular qoʻygan tuzoqdan meni saqlagin.
10Men sogʻ–omon oʻtib ketayin,
Fosiqlar qoʻygan toʻrlariga oʻzlari tushsin.
Copyright information for UznUzbL