‏ Psalms 142

Dovud sanosi.

1Eshitgin, ey Egam, ibodatlarimni,
Sen sodiqsan, iltijoimga quloq sol,
Sen odilsan, javob ber.
2Men, Oʻz qulingni hukm qilmagin,
Axir, Sening nazaringda hech kim solih emas.

3Dushmanlar meni taʼqib qilgan,
Mening tanamni tuproqqa qorgan,
Azalda olamdan oʻtganlar kabi,
Meni zulmatda yashashga majbur qilar.
4Shu bois ruhim soʻlgan,
Yuragim qoʻrquvdan uvushib qolgan.

5Men oldingi kunlarni eslayman,
Sening hamma ishlaring haqida oʻylayman,
Qoʻllaring ijodini xayolimga keltiraman.
6Qoʻllarimni Senga ibodat uchun ochaman,
Qaqragan yer kabi jonim Senga tashna.

7Ey Egam, menga tez javob ber,
Ruhim tushkunlikda,
Mendan yuz oʻgirmagin,
Toki qabrga kirganlarday boʻlib qolmayin.
8Saharda sodiq sevgingni menga bildirgin,
Umidimni Senga bogʻlayman.
Yuradigan yoʻlimni Oʻzing koʻrsatgin,
Yuragimni Senga ochaman.
9Ey Egam, meni gʻanimlarimdan qutqar,
Panoh istab Senga qochib borganman.
10Sening xohishingni bajarmoqqa meni oʻrgat,
Sen Xudoyimsan, Sening ezgu Ruhing
Meni tekis soʻqmoqdan yetaklab borsin.

11Ey Egam, Oʻz noming haqi meni saqlagin,
Adolating bilan meni kulfatdan qutqargin.
12Sodiq sevging haqi qirgin gʻanimlarimni,
Yoʻq qilib tashlagin hamma dushmanlarimni,
Axir, men Sening qulingman–ku.
Copyright information for UznUzbL