Psalms 144
Dovudning hamdu sanosi.
1 ▼▼ Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan sheʼrdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi soʻz ibroniy alifbesi tartibi boʻyicha boshlanadi.
Ey Xudoyim, Shohim! Seni ulugʻlayman!To abad Sening nomingni olqishlayman!
2Har kuni Seni olqishlayman,
Senga to abad hamdu sano aytaman.
3Egamiz buyukdir, madh etilsin yanada,
Aql yetmas Uning buyukligiga.
4Ey Egam, bir nasl boshqasiga maqtar ishlaringni,
Ular eʼlon qilar qudratli ishlaringni.
5Ular shonli dabdabangni, ulugʻvorligingni soʻylaydilar,
Men esa ajoyib moʻjizalaring haqida oʻylayman ▼
▼ Ular…soʻylaydilar, Men esa…oʻylayman — Qumron qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Shonli dabdabang, ulugʻvorliging, ajoyib moʻjizalaring haqida men oʻylayman.
.6Odamlar qoʻrqinchli ishlaring qudrati haqida aytadilar,
Men esa buyukligingni eʼlon qilgayman.
7Insonlar cheksiz ezguligingni xotirlab, gapiraveradilar.
Adolatingni ular sevinch ila kuylaydilar.
8Egamiz inoyatli, rahmdildir,
Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi moʻldir.
9Egamiz har kimsaga himmat qilar,
Yaratganlarining har biriga shafqat aylar.
10Ey Egam, jamiki yaratganlaring Senga shukur aytar,
Jamiki taqvodorlaring Senga olqishlar kuylar.
11Saltanating shuhratini ular hikoya qilar,
Sening qudrating haqida ular soʻylab yurar.
12Hammani qudratli ishlaringdan,
Saltanating shuhratiyu dabdabasidan xabardor qilar.
13Sening saltanating abadiy shohlikdir,
Hukmronliging nasllar osha davom etar ▼
▼ …Hukmronliging nasllar osha davom etar — Qumron qoʻlyozmalarida, bitta ibroniy qoʻlyozmasida, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalarda shu oyatning oxiriga Egamiz Oʻzining vaʼdalariga sodiq va Oʻzi yaratganlarning hammasiga mehribon, deb qoʻshimcha qilingan.
.14Yiqilayotganlarga Egamiz tayanch boʻladi,
Ikki bukilganlarning qaddini rostlaydi.
15Ey Egam, hammaning koʻzi umid bilan Senga tikilar,
Oʻz paytida ularning rizqini berasan.
16Sen qoʻlingni ochib,
Jamiki jonzotning istagini qondirasan.
17Egamiz hamma yoʻllarida adolat qilar,
Hamma ishlarida sevgisini koʻrsatar.
18Egamiz Oʻziga yolvorganlarning yonidadir,
Chin dildan iltijo qilganlarning yonidadir.
19Undan qoʻrqqanlarning tilagini Egamiz qondirar,
Ularning nolasini eshitib, ularga najot berar.
20Egamiz Oʻzini sevuvchilarni asraydi,
Hamma fosiqlarni qirib tashlaydi.
21Egamizning hamdu sanosi doimo tilimda boʻladi,
Jamiki jonzot Uning muqaddas nomini to abad olqishlaydi.
Copyright information for
UznUzbL