Psalms 145
1Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!Egamni madh qil, ey jonim!
2Tirik ekanman, Egamga hamdu sano aytaman,
Umrim boricha Xudoyimga hamdu sano kuylayman.
3Umid bogʻlamang shahzodalarga,
Najot berolmaydigan inson zotiga.
4Ular jon bergach, tuproqqa qaytar,
Oʻsha ondayoq ularning rejasi yoʻqqa chiqar.
5Yoqubning Xudosini madadkorim, deb aytganlar baxtlidir,
Oʻzlarining Egasi Xudodan umid qilganlar baxtlidir.
6Ha, Yoqubning Xudosi
Osmonni, yerni hamda dengizni yaratgan.
Dengizu undagi hamma jonzotni U yaratgan,
U to abad sodiq boʻlib qoladi,
7Mazlumlarga adolat qiladi,
Ochlarga U non beradi.
Asirlarni ozod qiluvchi Egamizdir.
8Egamiz koʻrning koʻzlarini ochadi,
Ikki bukilganlarning qaddini rostlaydi,
Egamiz solihlarni sevadi.
9Egamiz musofirlarni asraydi,
Yetim va bevalarni qoʻllaydi,
Fosiqning yoʻllariga xalaqit beradi.
10Egamiz to abad hukmdordir,
Ey Quddus ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.
, sening Xudoying nasllar osha hukmdordir!Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Copyright information for
UznUzbL