Psalms 146
1Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!Naqadar yaxshidir Xudoyimizni tarannum etmoq!
Naqadar lazzatli, munosib Unga hamdu sano aytmoq!
2Egamiz Quddusni qaytadan quradi,
Surgundagilarni Isroilga yigʻadi.
3Ezilgan koʻngillarga U shifo beradi,
Ularning yaralariga malham qoʻyadi.
4Yulduzlarning sonini U aniqlab chiqadi,
Ularning hammasiga nom beradi.
5Rabbimiz buyukdir, qudrati azimdir,
Uning donoligi cheksizdir.
6Egamiz mazlumlarni yuksaltiradi,
Fosiqlarni esa yerga urib ezadi.
7Egamizga shukrona aytib tarannum qiling,
Xudoyimizga atab lirada kuy chaling.
8U samolarni bulutlar ila qoplaydi,
U yerni yomgʻir bilan taʼminlaydi,
Qir–adirlarda oʻt–oʻlan oʻstiradi.
9U hayvonlarning rizq–roʻzini beradi,
Qargʻa bolalari qagʻillaganda ularga oziq beradi.
10U otlarning kuchidan zavq olmaydi,
Sipohning kuchli oyoqlaridan xushlanmaydi.
11Egamiz Oʻzidan qoʻrqqanlardan xushlanadi,
Uning sodiq sevgisiga umid qilganlardan mamnun boʻladi.
Copyright information for
UznUzbL