Psalms 74
1Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytiladigan Osif ▼▼ Osif — 49–sanoning izohiga qarang.
sanosi. Qoʻshiq.2Ey Xudo, Senga shukurlar aytamiz,
Shukurlar aytamiz, Sen bizga yaqinsan,
Moʻjizalaring haqida odamlar gapiradi.
3Xudo aytar: “Belgilangan vaqtni tanlayman,
Haqqoniylik bilan hukm qilaman.
4Zamin va undagi insonlar titragan paytda
Zamin ustunlarini ▼
▼ Zamin ustunlari — 17:16 izohiga qarang.
mahkam ushlagan Menman.”5Maqtanchoqlarga Xudo aytar: “Maqtanmagin”,
Fosiqqa aytar: “Kuching bilan maqtanmagin.
6Gerdayib, samolarga kuchingni koʻrsatma,
Qaysarlarcha kiborlik bilan gapirma.”
7Hech kim sharqdan yoki gʻarbdan
Yoxud sahrodan insonni yuksaltira olmaydi.
8Hukm qiladigan Xudodir,
Birovni U yiqitar, boshqasini yuksaltirar.
9Gʻazab kosasi Egamizning qoʻlida,
Ziravor qoʻshilgan koʻpikli sharobga ▼
▼ sharob — 59:5 izohiga qarang.
toʻla.U sharobni quyadi,
Olamdagi jamiki fosiqlar esa
Quyqumigacha ichib tugatadi.
10Men to abad Yoqubning Xudosi haqida gapiraman,
Uni hamdu sano ila tarannum etaman.
11Xudo aytar: “Fosiqlarning kuchini qirqaman,
Solihlarning qudratini oshiraman.”
Copyright information for
UznUzbL