‏ Revelation of John 1

Muqaddima va duoyi salom

1Mazkur kitobda Iso Masihning vahiysi bayon etilgan. Yaqin orada yuz beradigan hodisalarni Xudo Oʻz qullariga ayon qilish uchun bu vahiyni Iso Masihga berdi. Iso Masih quli Yuhannoning oldiga Oʻz farishtasini yuborib, ushbu vahiyni koʻrsatdi. 2Yuhanno Xudoning kalomi va Iso Masihning shahodati toʻgʻrisida nimalarni koʻrgan boʻlsa, hammasi haqida guvohlik bermoqda. 3Ushbu bashorat soʻzlarini ovoz chiqarib oʻqiyotgan odam baxtlidir. Uni tinglab
Ushbu bashorat soʻzlarini ovoz chiqarib oʻqiyotgan odam…Uni tinglab… — imonlilar birga yigʻilganda mana shu kitobning ovoz chiqarib oʻqilishiga ishora. Qadimda koʻpchilik oʻqishni bilmas edi.
, kitobda yozilganlarga amal qiluvchilar baxtlidir. Axir, bu hodisalar hademay yuz beradi.

4 5Asiya viloyatidagi imonlilarning yettita jamoatiga
Asiya viloyatidagi imonlilarning yettita jamoati — bu jamoatlar (shu bobning 11–oyatiga qarang) Rim imperiyasiga qarashli boʻlgan Asiya viloyatida joylashgan edi. Asiya viloyati hozirgi Turkiyaning gʻarbida edi.
Yuhannodan salom! Azaldan bor boʻlgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor boʻladigan Xudodan, Uning taxti oldida turgan yetti ruhdan, shuningdek, oʻliklar ichidan birinchi boʻlib tirilgan, yer yuzi shohlarining Hukmdori boʻlgan ishonchli shohid — Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik boʻlsin.

Iso Masih bizni sevadi. U Oʻz qonini toʻkib, bizni gunohlarimizdan xalos etdi.
6U bizdan Shohlik yaratdi, bizni Otasi
Ota — Xudoning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA soʻziga qarang.
Xudoga xizmat qiladigan ruhoniylar qilib tayinladi. Qudrat Sohibi boʻlgan Masihga abadulabad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.

7Ana, U bulutlarda kelyapti!
Har bir koʻz Uni koʻradi,
Hatto Unga nayza sanchganlar ham Unga koʻz tikadi.
Dunyoning jamiki qabilalari Uni deb yigʻlaydi.
Darhaqiqat, hammasi aytilganday boʻladi! Omin.

8“Men Ibtido va Intihodirman
Ibtido va Intiho — yunoncha matnda Alfa va Omega, yaʼni yunon alifbesining birinchi va soʻnggi harflari.
, — deb aytmoqda Egamiz Xudo. — Men oldin bor boʻlgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor boʻladigan Qodir Xudodirman.”

Yuhanno vahiyda Masihni koʻradi

9Men birodaringiz Yuhannoman. Isoning azoblari, Uning Shohligi va sabr–toqatini baham koʻrgan sherigingizman. Men Xudoning kalomini vaʼz qilib, Iso haqida guvohlik berganim uchun Patmos oroliga
Patmos oroli — Egey dengizidagi, Efes shahridan qariyb 100 kilometr janubi–gʻarbda, qoyalardan iborat kichkina orol.
surgun qilinganman.
10Yakshanba kuni
Yakshanba kuni — yunoncha matnda Rabbimizning kuni, masihiylar bu kunni shunday deb atardilar, chunki Iso yakshanba kuni oʻlikdan tirilgandi. Shu sababdan masihiylar yakshanba kuni Xudoga sajda qilish uchun birga yigʻiladilar.
Muqaddas Ruh meni qamrab oldi. Men orqamdan karnay sadosiga oʻxshash kuchli bir ovozni eshitdim. Ovoz shunday dedi
Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Iso aytgan soʻzlarning boshiga quyidagi soʻzlar qoʻshimcha qilingan: Men Ibtido va Intiho, Boshi va Poyonidirman.
:
11“Koʻrganlaringni kitobga yozib bor. Soʻng uni Efes, Smirna
Smirna — hozirgi Turkiyaning Izmir shahri.
, Pergamon, Tiyatira, Sardis, Filadelfiya va Laodikiya shaharlaridagi imonlilarning yettita jamoatiga yubor.”

12Menga gapirayotgan Kimsani koʻrish uchun oʻgirildim. Shunda yettita oltin chiroqpoyani koʻrdim. 13Chiroqpoyalar orasida inson qiyofasidagi bir Zot
inson qiyofasidagi bir Zot — Iso Masihga ishora. Doniyor 7:13-14 ga qarang.
turgan edi. Uning ustida uzun, toʻpigʻigacha tushgan rido bor edi, koʻksiga oltin tasma bogʻlangan edi.
14Sochi momiqday oq, qorday oppoq edi. Koʻzlari esa olovday chaqnardi. 15Uning oyoqlari oʻchoqda qizdirilgan bronzaday yarqirar, ovozi guvullagan dengiz tovushiga oʻxshardi. 16Oʻng qoʻlida yettita yulduz bor edi, ogʻzidan oʻtkir dudama qilich chiqib turardi. Uning yuzi kun qiziganda balqiydigan quyoshday porlardi.

17Uni koʻrishim bilanoq, oyoqlari ostiga oʻlikday yiqildim. U esa oʻng qoʻlini ustimga qoʻyib, shunday dedi: “Qoʻrqma! Men Birinchi va Oxirgiman. 18Barhayotman. Oʻlgan edim va mana, abadulabad tirikman. Oʻlimning va oʻliklar diyorining
oʻliklar diyori — yahudiylar bu joyni, yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy, deb tushunardi.
kalitlari Mendadir.
19Shunday ekan, sen oldin koʻrganlaringni, hozir koʻrayotganlaringni va bundan keyin koʻradiganlaringning hammasini yozib bor. 20Sen oʻng qoʻlimda koʻrgan yettita yulduz va yettita oltin chiroqpoyaning siriga kelsak, yetti yulduz — yetti jamoatning farishtalarini
yetti jamoatning farishtalari — jamoatlarni qoʻriqlovchi farishtalarga ishora boʻlishi mumkin (Havoriylar 12:15 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Yunonchadagi farishta soʻzi elchi maʼnosini ham beradi. Shu sababdan baʼzi olimlarning aytishlaricha, bu oʻrindagi yunoncha soʻz matnda aytib oʻtilgan yetti jamoatning yetakchilarini bildirishi mumkin. Yoki Yuhannoni koʻrib kelish uchun va oʻsha jamoatlarga Iso Masihdan xabar yetkazish uchun yuborilgan yetti jamoatning elchilariga ishora boʻlishi ham mumkin (2:1, 8, 12, 18, 3:1, 7, 14 ga qarang).
, yetti chiroqpoya esa yetti jamoatni bildiradi.”
Copyright information for UznUzbL