Revelation of John 11
Oxirzamonning ikki shohidi
1Menga oʻlchash uchun bir qamish berildi, soʻng shunday deb aytildi: “Bor, Xudoning Maʼbadini va qurbongohni oʻlchab chiq. U yerda sajda qiluvchilarni sanagin. 2Maʼbadning tashqi hovlisini esa qoldir, uni oʻlchama. Chunki u yer butparastlarga berilgan. Ular muqaddas shaharni ▼▼ muqaddas shahar — yaʼni Quddus.
42 oy oyoq osti qiladilar. 3Men ikki shohidimga qudrat beraman. Ular egnilariga qanor kiyib ▼▼ …qanor kiyib… — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan va koʻpincha paygʻambarlar kiygan. Qanor kiyib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.
, 1260 kun ▼▼ 1260 kun — yaʼni 42 oy yoki uch yarim yil.
davomida vaʼz qiladilar. 4Bu ikki shohid — butun dunyo Egasining huzurida turgan ikkita zaytun daraxti va ikkita chiroqpoyadir. 5Bordi–yu, birontasi ularga ozor yetkazmoqchi boʻlsa, ularning ogʻzidan olov chiqib, oʻsha dushmanni yeb bitiradi. Ularga ozor berishni istaganlar shu yoʻsinda halok boʻladi. 6Bu ikki shohid vaʼz qiladigan kunlarda yomgʻir yogʻmasligi uchun Xudo ularga osmonni berkitish qudratini bergan. Ularga yana suvni qonga aylantirish va yer yuzini istagan vaqtlarida turli baloyu ofatlarga yoʻliqtirish qudrati berildi. 7Ular shahodat berib boʻlganlaridan keyin, tubsiz chuqurlikdan chiqqan bir maxluq ▼▼ tubsiz chuqurlikdan chiqqan bir maxluq — 13:1-7 ga qarang.
ular bilan jang qiladi, ularni yengib, oʻldiradi. 8Ularning jasadlari buyuk shaharning ▼▼ buyuk shahar — Bobilga ishora. Vahiy kitobida Bobil nomi Masih va Uning Shohligiga qarshi chiqqan dushmanlarining timsolidir (14:8 izohiga qarang). Iso oʻsha shaharda, yaʼni hozir shayton hukmronligi ostida boʻlgan bu dunyoda xochga mixlangan.
koʻchasida yotadi. Shohidlarning Rabbiysi Iso ham oʻsha shaharda xochga mixlangan edi. Oʻsha shaharning ramziy nomi Sadoʻm va Misrdir ▼▼ Sadoʻm va Misr — Sadoʻm oʻz axloqsizligi bilan tanilgan shahar edi (Ibtido 19:4-13 ga qarang). Misr esa Xudoning xalqiga zulm oʻtkazgan, ularni qul qilgan yurt edi (Chiqish 1:8-14, 3:7 ga qarang). Masihga va Uning Shohligiga qarshi chiqqan dushmanlarga mos keladigan nomlar.
. 9Barcha elu qabilalar, millatu xalqlardan boʻlgan odamlar uch yarim kun davomida ularning jasadlarini tomosha qiladilar. Ularni dafn etishga ruxsat berishmaydi. 10Yer yuzida yashayotganlar shohidlarning oʻlimidan sevinib xursandchilik qilishadi. Bir–birlariga hadyalar yuborishadi. Chunki bu ikkala paygʻambar yer yuzida yashovchilarga koʻp azob bergan edi.” 11Ammo uch yarim kundan keyin ikkala paygʻambarning vujudiga Xudoning hayot nafasi kirdi. Shunda ular oyoqqa turdilar. Ularni koʻrganlarning hammasini qattiq vahima bosdi. 12Ikki paygʻambar samodan kelgan baland bir ovozning: “Bu yoqqa chiqinglar!” — deganini eshitishdi, shunda ular dushmanlarining koʻz oʻngida bulut ichida samoga koʻtarilishdi. 13Oʻsha zahoti shiddatli zilzila yuz berdi. Shaharning oʻndan bir qismi quladi. Zilzilada yetti ming kishi nobud boʻldi. Qolganlari esa vahimaga tushib, Samoviy Xudoni ulugʻlashdi. 14Ikkinchi halokat oʻtdi. Mana, uchinchi halokat tez yaqinlashyapti. Yettinchi karnay: samodagi hamdu sano
15Yettinchi farishta karnayini chaldi. Samoda baland ovozlar yangradi. Ular shunday deb aytayotgan edilar:“Endi bu dunyo hukmronligiEgamizga va Uning Masihiga tegishlidir.
Ular abadulabad hukmronlik qilishadi.”
16Shunda Xudoning huzuridagi oʻz taxtlarida oʻtirgan yigirma toʻrt nafar oqsoqol yuz tuban yerga muk tushdilar. Ular Xudoga sajda qilib dedilar: 17“Yo Qodir Xudo — Egamiz!
Sen bor boʻlgansan, hozir ham borsan ▼
▼ …hozir ham borsan — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida hozir ham borsan, kelajakda ham bor boʻlasan.
.Biz Senga tashakkurlar aytamiz.
Axir, Sen buyuk qudratingni namoyon etding,
Hukmronlik qila boshlading.
18Xalqlar Sendan gʻazablangandi,
Endi Sen ham gʻazabga minding.
Endi vaqti keldi oʻliklarni hukm qilishga,
Paygʻambar qullaringni, azizlaringni mukofotlashga,
Sendan qoʻrqqan kattayu kichikni taqdirlashga.
Yerni vayron qilganlarni vaqti keldi xonavayron qilishga!”
19Soʻng Xudoning samodagi Maʼbadi ochildi. Maʼbadda Xudoning Ahd sandigʻi koʻrindi ▼
▼ …Xudoning Ahd sandigʻi koʻrindi — bu sandiq Xudoning Oʻz xalqi bilan tuzgan ahdiga sodiq qolganini bildiradi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi AHD soʻziga va AHD SANDIGʻI iborasiga qarang.
. Oʻshanda chaqmoq chaqib, momaqaldiroqning gulduros sadolari yangradi, zilzila boshlandi, shiddatli doʻl yogʻdi.
Copyright information for
UznUzbL