‏ Revelation of John 13

Dengizdan chiqqan maxluq

1Ajdarho dengizning qum sohiliga borib turdi
Ajdarho…turdi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Men…turdim.
.

Toʻsatdan men dengizdan bir maxluq chiqib kelganini koʻrdim. Uning yettita boshi va oʻnta shoxi bor edi. Har bir shoxiga bittadan toj kiydirilgan, har bir boshiga esa kufrona nom yozilgandi.
2Men koʻrgan bu maxluq qoplonga oʻxshardi. Oyoqlari ayiqning oyogʻiga, ogʻzi esa sherning ogʻziga oʻxshar edi. Ajdarho bu maxluqqa oʻz qudrati, taxti va buyuk hokimiyatini berdi. 3Maxluqning boshlaridan biri davolab boʻlmaydigan darajada qattiq yaralangan edi. Ammo uning bu yarasi sogʻayib qoldi. Shunda butun jahon hayratda qolib, maxluqqa ergashdi. Odamlar ajdarhoga sajda qilishdi, chunki ajdarho maxluqqa oʻz hokimiyatini berdi. 4Ular maxluqqa ham sajda qilib, shunday deb aytishardi: “Kim ham bu maxluqqa teng kelardi?! Kim ham unga qarshi chiqa olardi?!”

5Maxluqqa takabburona va kufrona soʻzlar aytadigan ogʻiz berildi. Unga qirq ikki oy davomida hukmronlik qilish huquqi berildi. 6Maxluq kufr ketib, Xudoni va Xudoning nomini laʼnatladi. U Xudo yashaydigan makonga va samoda yashaydigan har bir mavjudotga laʼnatlar yogʻdirdi. 7Unga Xudoning azizlariga qarshi jang qilish va ularni yengish uchun izn berildi. Unga har bir qabila, elat, millat va xalq ustidan hokimiyat berildi.

8Bu dunyoga qarashli odamlarning hammasi maxluqqa sajda qilishadi. Ularning ismlari boʻgʻizlangan Qoʻzining hayot kitobiga
hayot kitobi — 3:5 izohiga qarang.
dunyo yaratilishidan oldin yozilmagan
Ularning ismlari…dunyo yaratilishidan oldin yozilmagan — yoki Bu odamlarning ismlari dunyo yaratilishidan oldin boʻgʻizlangan Qoʻzining hayot kitobiga yozilmagan. Ammo 17:8 oyatda bu odamlarning ismlari “dunyo yaratilishidan oldin hayot kitobiga yozilmagan” deb aytiladi. Shuning uchun ushbu oyatda 17:8 oyatga mos keladigan maʼno berilgan.
.

9Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, eshitsin!
10Hamma peshanasidagini koʻradi:
Baʼzilar asirlikka tushib, surgunga ketadi.
Baʼzilar qilichdan oʻtkaziladi
Baʼzilar…qilichdan oʻtkaziladi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Kimki boshqalarni asirlikka olsa, oʻzi asirlikka tushar. Kimki qilichdan oʻtkazsa, oʻzi qilichdan oʻtkazilar.
,
Bu vaziyat Xudo azizlaridan sabr–toqatu imonni talab qiladi.

Yerdan chiqqan maxluq

11Bundan soʻng men yerdan chiqayotgan boshqa bir maxluqni koʻrdim. Uning ikki shoxi qoʻchqorning shoxlariga oʻxshardi, u ajdarhoday gapirardi. 12U birinchi maxluqqa xizmat qilib, uning butun hokimiyatini ishga solardi. Butun yer yuzi va u yerda yashaganlar yarasi tuzalgan birinchi maxluqqa sajda qilsin deb, ularni majburlardi. 13Bu ikkinchi maxluq buyuk va moʻjizali alomatlar koʻrsatdi. U hatto hammaning koʻzi oldida osmondan yerga olov tushirdi. 14Birinchi maxluqning nomidan bu moʻjizali alomatlarni koʻrsatishga unga izn berilgandi. Bu alomatlari bilan u yer yuzidagi odamlarni yoʻldan ozdirdi. U odamlarga: “Qilichdan yaralangan, ammo sogʻ qolgan maxluqning tasvirini yasanglar”, — deb buyurdi. 15Unga maxluqning tasviriga jon ato etish qudrati berilgandi. Maxluq tasviri tilga kirdi va oʻziga sajda qilmaganlarning hammasini oʻldirtirdi. 16U hammani — kattayu kichikni, boyu kambagʻalni, qulu erkin odamni majburlab, ularning oʻng qoʻli yoki peshanasiga tamgʻa bostirdi. 17Kimda maxluqning tamgʻasi boʻlmasa, u mutlaqo oldi–sotdi qilolmasdi. Tamgʻada maxluqning nomi yoki nomining soni yozilardi.

18Bunda hikmat bor. Aqli yetgan odam maxluqning sonini hisoblab chiqsin, chunki bu son — maʼlum bir insonni bildiradigan sondir. Uning soni 666
Uning soni 666 — maxluqning nomini ifodalaydigan sonlar qoʻshilganda mana shu son kelib chiqsa kerak. Ibroniy va yunon alifbesining har bir harfi maʼlum bir sonni ifodalaydi. 6 soni muvaffaqiyatsizlik, qusur va yovuzlik timsoli edi (barkamollik timsoli boʻlgan 7 sonidan bitta kam). Uchta 6 sonining yonma–yon kelishi muvaffaqiyatsizlik, qusur va yovuzlik maʼnosini gʻoyat kuchaytiradi.
.
Copyright information for UznUzbL