Revelation of John 15
Yetti farishta va yetti balo
1Men samoda buyuk va hayratga soladigan boshqa bir alomatni koʻrdim. Samoda yettita farishta turardi, har birining qoʻlida bittadan balo bor edi. Bu balolar soʻnggi balolar boʻlib, Xudo gʻazabini yakunlar edi. 2Men goʻyo olov aralash oynaday boʻlgan bir dengizni koʻrdim. Uning yonida odamlar turgan edi. Ular maxluq ustidan, uning tasviri va nomini bildirgan son ▼▼ nomini bildirgan son — 13:18 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
ustidan gʻalaba qozongan edilar. Ularning qoʻllarida Xudo bergan arfalar bor edi. 3Ular Xudo quli Musoning va Qoʻzining qoʻshigʻini ▼▼ Musoning va Qoʻzining qoʻshigʻini — bu qoʻshiq Chiqish 15:1-18 dagi qoʻshiqning ancha qisqargan varianti.
kuylardilar:“Yo Qodir Xudo — Egamiz,Buyuk va ajoyibdir Sening ishlaring.
Ey xalqlarning Shohi!
Toʻgʻri va haqdir Sening yoʻllaring.
4Ey Egamiz, Sendan qoʻrqmaydigan bormi?!
Nomingni ulugʻlamaydigan bormi?!
Axir, yolgʻiz Oʻzing muqaddasdirsan.
Jamiki xalqlar huzuringga keladilar,
Ular Senga sajda qiladilar.
Zero, odil hukmlaring hammaga ayon boʻldi.”
5Shundan soʻng men samoviy Maʼbadning Eng muqaddas xonasi ▼
▼ Maʼbadning Eng muqaddas xonasi — Maʼbadning eng ichkari xonasi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ENG MUQADDAS XONA iborasiga qarang.
ochilganini koʻrdim. 6Maʼbaddan yetti baloni tutgan yettita farishta chiqdi. Ularning egnida toza, oppoq zigʻir liboslar bor edi, koʻksilariga oltin tasmalar bogʻlangan edi. 7Toʻrtta mavjudotdan biri bu yetti farishtaga yettita oltin kosani berdi. Bu kosalar to abad barhayot Xudoning gʻazabi bilan toʻlgan edi. 8Maʼbad Xudoning ulugʻvorligi va qudrati tutuniga toʻlib ketdi. Yetti farishtaning yetti balosi tamom boʻlmaguncha, hech kim Maʼbadga kira olmadi.
Copyright information for
UznUzbL