Revelation of John 16
Xudoning gʻazabiga toʻla yetti kosa
1Bundan keyin men Maʼbaddan kelayotgan baland bir ovozni eshitdim. Oʻsha ovoz yettita farishtaga shunday dedi: “Boringlar, Xudoning gʻazabiga toʻlib–toshgan yetti kosadagi balolarni yerga toʻkinglar.” 2Birinchi farishta borib, kosasidagini yerga toʻkdi. Maxluqning tamgʻasi bosilgan va uning tasviriga sajda qilgan odamlarda ogʻir, jirkanch yaralar paydo boʻldi. 3Ikkinchi farishta kosasidagini dengizga toʻkdi. Dengiz oʻlikning qoniga oʻxshab qoldi. Dengizdagi hamma jonivorlar qirilib ketdi. 4Uchinchi farishta kosasidagini daryolarga va buloqlarga toʻkdi, ular ham qonga aylandi. 5Suvlar uchun masʼul boʻlgan farishtaning shunday deganini eshitdim:“Ey Muqaddas Xudo,Sen bor boʻlgansan, hozir ham borsan.
Sening chiqargan bu hukmlaring odildir.
6Azizlaring va paygʻambarlaringning qonini toʻkkanlarga
Sen qon ichirding, ular bunga loyiqdir.”
7Qurbongohdan shunday bir ovoz eshitildi:“Ha, Qodir Xudo — Egamiz!
Sening hukmlaring haq va adolatlidir.”
8Toʻrtinchi farishta oʻz kosasini quyosh ustiga toʻkdi, quyoshga insonlarni olov bilan yondirish qudrati berildi. 9Jazirama issiq insonlarni kuydirganda, ular bu ofatlar ustidan hokimiyatga ega boʻlgan Xudoni laʼnatladilar. Ular qilmishlaridan tavba qilmadilar, Xudoni ulugʻlamadilar. 10Beshinchi farishta kosasidagini maxluq taxtiga toʻkdi, maxluqning saltanati zimistonga chulgʻanib qoldi. Odamlar chekkan azobidan tillarini tishlardilar. 11Yaralarining ogʻrigʻidan Samoviy Xudoni laʼnatlardilar. Ammo qilmishlaridan tavba qilmadilar. 12Oltinchi farishta kosasidagini buyuk Furot daryosi ustiga toʻkdi. Daryoning suvi quridi. Sharqdan bostirib keladigan shohlarga yoʻl ochildi. 13Bundan keyin men qurbaqalarga oʻxshash uchta yovuz ruhni koʻrdim. Ular ajdarho, maxluq va soxta paygʻambarning ▼
▼ soxta paygʻambar — 13:11-17 da aytib oʻtilgan ikkinchi maxluq nazarda tutilgan.
ogʻizlaridan chiqayotgan edilar. 14Bular jinlar boʻlib, moʻjizali alomatlar koʻrsata olardilar. Ular Qodir Xudoning ulugʻ kunida boʻladigan jangga barcha jahon shohlarini toʻplagani bordilar. 15Masihning shunday gaplarini yodingizda tuting:“Mana, Men oʻgʻri kabi nogahon kelaman!
Hushyor turgan kishi baxtlidir,
Yalangʻoch yurmayin, sharmanda boʻlmayin deb,
Kiyimini taxt qilib qoʻygan kishi baxtlidir!”
16Uchta yovuz ruh jahon shohlarini ibroniychadagi Xar–Magidoʻn degan joyga toʻpladilar. 17Yettinchi farishta kosasidagini havoga toʻkdi. Maʼbaddagi taxtdan: “Amalga oshdi!” — degan baland bir ovoz keldi. 18Shu vaqt chaqmoq chaqib, momaqaldiroqning gulduros sadolari yangradi, kuchli zilzila boʻldi. Zilzila shu qadar kuchli ediki, yer yuzida inson yashagandan beri bunaqasi boʻlmagandi. 19Buyuk shahar uch qismga boʻlinib ketdi. Boshqa xalqlarning shaharlari yer bilan yakson boʻldi. Xudo buyuk Bobil shahrini ▼
▼ Bobil shahri — 14:8 izohiga qarang.
yodga oldi. U Bobilga kosadagi Oʻzining gʻazabi sharobidan berdi. 20Har bir orol oʻrnidan jildi, togʻlar koʻzdan gʻoyib boʻldi. 21Osmondan odamlar ustiga yirik doʻl yogʻildi. Har bir doʻl donasining ogʻirligi ikki pud ▼▼ ikki pud — yunoncha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga toʻgʻri keladi.
chiqardi. Bu dahshatli doʻl dastidan odamlar Xudoni laʼnatlashardi.
Copyright information for
UznUzbL