‏ Revelation of John 17

Maxluqni mingan ayol

1Yettita kosani tutgan yetti farishtadan biri kelib, menga shunday dedi: “Bu yoqqa kel, men senga mashhur fohishaning oladigan jazosini koʻrsataman. Fohisha timsolidagi bu buyuk shahar
Fohisha timsolidagi bu buyuk shahar… — Bobilga ishora (14:8 izohiga qarang). 21:9 da xuddi shu farishta Yuhannoga Qoʻzining kelinchagini koʻrsatadi. Kelinchak Bobil va shayton shohligiga zid boʻlgan Quddus va Xudo Shohligining timsolidir.
serob suvlar boʻyida joylashgan
…serob suvlar boʻyida joylashgan — Yeremiyo 51:13 ga qarang. Qadimiy Bobil shahri Furot daryosi boʻyida joylashgan boʻlib, murakkab va keng tarmoqli sugʻorish tizimiga ega edi. Bu sugʻorish tizimi shahar atrofidagi hududlarni suv bilan taʼminlagan. Bobilning sugʻorish tizimi bu oʻrinda uning butun dunyoga koʻrsatadigan taʼsirining timsolidir (shu bobning 2, 15–oyatlariga qarang).
.
2Yer yuzining shohlari u bilan zino qilardi, yer yuzida yashayotganlar uning fahshu zino sharobidan ichib, mast boʻlishardi.”

3Muqaddas Ruh meni qamrab oldi, farishta meni choʻlga olib bordi. U yerda men qip–qizil maxluq
maxluq — 13:1-7 ga qarang.
ustida oʻtirgan bir ayolni koʻrdim. Maxluqning hamma yogʻiga kufrona nomlar yozilgandi, uning yettita boshi va oʻnta shoxi bor edi.
4Ayol safsar va qip–qizil liboslar kiygan, oltin, javohir va marvaridlar bilan bezangandi. Uning qoʻlida oltin kosa bor edi, bu kosa jirkanchli narsalarga, fahshu haromliklarga toʻlib–toshgan edi. 5Ayolning peshanasiga sirli maʼnoga ega boʻlgan shunday bir ism yozilgandi: “Buyuk Bobil — fohishalarning va yer yuzidagi jirkanch ishlarning onasidir.”

6Men ayolning Xudo azizlari qonidan, yaʼni Iso shohidlari qonidan mast boʻlganini koʻrdim. Uni koʻrib, gʻoyat darajada hayron qoldim.

7Farishta menga dedi: “Nega hayron boʻlasan? Men senga ayolning va u mingan yetti boshli, oʻn shoxli maxluqning sirini aytib beraman. 8Sen koʻrgan bu maxluq qachonlardir bor edi, endi esa yoʻq. U koʻp oʻtmay tubsiz chuqurlikdan chiqadi va mahv etiladi. Dunyo yaratilishidan oldin ismlari hayot kitobiga
hayot kitobi — 3:5 izohiga qarang.
yozilmagan yer yuzidagi hamma odamlar maxluqni koʻrib, hayron qoladilar. Chunki bu maxluq bor edi, hozir yoʻq, ammo yana keladi.

9Bularni anglamoq uchun aqlu idrok darkor. Maxluqning yetti boshi — ayol oʻtirgan yettita tepalikning timsolidir. 10Bu yetti bosh yettita hukmdorni ham bildiradi. Bularning beshtasi qulagan, bittasi hozir hukmronlik qilyapti, boshqasi esa hali kelgani yoʻq. U kelganda ham koʻp vaqt turmaydi. 11Ilgari bor, hozir yoʻq maxluq esa yettita hukmdordan biri boʻla turib, sakkizinchi hukmdor sifatida qaytib keladi va mahv etiladi.

12Sen koʻrgan maxluqning oʻnta shoxi hali taxtga oʻtirmagan boshqa oʻnta hukmdorni bildiradi. Ular qisqa vaqt davomida maxluq bilan birga hukmronlik qiladilar. 13Bu hukmdorlar birlashib, oʻzlarining qudrati va hokimiyatini maxluqqa topshiradilar. 14Ular Qoʻziga qarshi jang qiladilar. Ammo Qoʻzi Oʻzining daʼvat etilgan, tanlangan va sodiq izdoshlari bilan ularni yengadi. Axir, Qoʻzi hukmdorlarning Hukmdori, shohlarning Shohidir.”

15Farishta menga yana shunday dedi: “Sen fohishaning suvlar boʻyida oʻtirganini koʻrding. Bu suvlar toʻda–toʻda elatlarni, xalqlaru millatlarni bildiradi. 16Sen koʻrgan oʻnta shox va maxluq fohishadan nafratlanadilar. Uni xonavayron qilib, yalangʻoch qoldiradilar. Uning etini yeydilar, qoldiqlarini esa olovda yondiradilar. 17Xudoning aytgan soʻzlari amalga oshmaguncha, oʻnta hukmdor birlashib, oʻz hokimiyatini maxluqqa topshiradilar. Zero, bu maqsadni ularning diliga Xudoning Oʻzi solgan. 18Sen koʻrgan ayol — yer yuzi shohlari ustidan hukmronlik qiladigan buyuk shahardir.”
Copyright information for UznUzbL