Revelation of John 19
Samodagi hamdu sano
1Bundan keyin men samodagi katta olomonning gʻala–gʻovuriga oʻxshash baland ovozlarni eshitdim:“Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!Najot, ulugʻvorlik va qudrat Xudoyimizga tegishlidir.
2Zotan, U toʻgʻri va adolatli hukm qiladi.
Yer yuzini fahsh–zino ila bulgʻagan ashaddiy fohishani U mahkum etdi,
Undan Oʻz qullarining xunini oldi.”
3Olomon yana shunday deb hayqirdi:“Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Bobildan ▼
▼ Bobil — 14:8 izohiga qarang.
to abad burqirab tutun chiqadi.”4Shu payt yigirma toʻrt nafar oqsoqol va toʻrt mavjudot yerga muk tushib: “Omin! Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!” — deya taxtda oʻtirgan Xudoga sajda qildilar. 5Keyin taxtdan bir ovoz keldi:“Ey Xudoyimizning barcha qullari,
Undan qoʻrquvchi kattayu kichiklar,
Xudoga hamdu sano aytinglar!”
6Soʻngra men katta bir olomonning ovoziga oʻxshash, shovullagan dengiz, gumburlagan momaqaldiroqning sadosiga oʻxshash ovozlarni eshitdim. Ular shunday der edilar:“Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Qodir Xudo — Egamiz hukmronlik qilmoqda!
7Sevinib xursand boʻlaylik,
Hammamiz Uni ulugʻlaylik!
Axir, Qoʻzining nikoh kuni keldi,
Uning kelini oʻzini toʻyga tayyorladi.”
8Kiyishi uchun kelinga yarqiragan, pok, mayin zigʻir libos berildi. Bu libos — Xudo azizlarining odil ishlaridir. 9Keyin farishta menga shunday dedi: — Qani, yoz: “Qoʻzining nikoh toʻyiga taklif etilganlar baxtlidir!” Yana qoʻshib dedi: — Bular Xudoning haq soʻzlaridir. 10Men farishtaga sajda qilish uchun oʻzimni oyoqlari ostiga tashladim. Lekin u menga dedi: — Yoʻq, menga sajda qilma! Faqat Xudoga sajda qil! Men ham senga oʻxshab Xudoga xizmat qilyapman, Iso haqida shahodat beradigan sen va birodarlaring singari, Xudoning xizmatkoriman. Darhaqiqat, Iso haqida shahodat berganlar paygʻambarlardir, ular Xudoning haq xizmatkorlaridir.
Oq ot mingan Chavandoz
11Bundan keyin men osmonning ochilganini koʻrdim. U yerda bir oq ot turar edi. Ustidagi Chavandozni Sodiq va Haq deb chaqirishardi. U odilona hukm chiqarib, jang qilardi. 12Uning koʻzlari otash alangasiday chaqnardi. Boshida koʻp tojlari bor edi. Peshanasiga esa Oʻzidan boshqa hech kim bilmaydigan bir ism yozilgandi. 13Egnidagi kiyimi qonga belangandi. Chavandozga “Xudoning Kalomi” deb nom berilgan edi. 14Oppoq, top–toza, mayin zigʻir libos kiygan samoviy qoʻshinlar oq otlarda Chavandozga ergashib borishardi. 15Uning ogʻzidan oʻtkir bir qilich chiqib turardi. U oʻsha qilichi bilan xalqlarni magʻlub etadi, qoʻlidagi temir xivchin bilan ularni boshqaradi ▼▼ …temir xivchin bilan ularni boshqaradi — Zabur 2:9 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
. Qodir Xudoning qaynoq qahr–gʻazabi chuqurdagi ▼▼ chuqur — 14:19 izohiga qarang.
uzumlarni bosib ezadi. 16Kiyimining son qismida: “shohlarning Shohi, hukmdorlarning Hukmdoridir” degan ism yozilgan. 17Shundan soʻng men quyosh ustida turgan bir farishtani koʻrdim. U uchib ketayotgan barcha qushlarga baland ovozda shunday xitob qildi: “Xudoning buyuk bazmiga kelinglar! 18Shohlar, sarkardalar, bahodir jangchilarning jasadlarini, otu suvorilar, hamma qulu erkin, kattayu kichikning jasadlarini yeyish uchun toʻplaninglar!” 19Shunda men maxluqni, yer yuzi shohlarini, ularning qoʻshinlarini koʻrdim. Ular ot mingan Chavandoz bilan Uning qoʻshinlariga qarshi jang qilish uchun safarbar boʻlgan edilar. 20Maxluq asir tushdi. U bilan birga soxta paygʻambar ▼▼ soxta paygʻambar — 13:11-17 da aytib oʻtilgan ikkinchi maxluq nazarda tutilgan.
ham asir olindi. Bu soxta paygʻambar maxluqning nomidan moʻjizali alomatlar koʻrsatgandi, bu alomatlari bilan maxluqning tamgʻasini olgan va uning tasviriga sajda qilgan odamlarni aldagan edi. Maxluqni ham, soxta paygʻambarni ham oltingugurt yonayotgan olov koʻliga tiriklayin tashlashdi. 21Boshqalar esa ot mingan Chavandozning ogʻzidan chiqqan qilich bilan oʻldirildi. Hamma qushlar boʻkib qolguncha ularning goʻshtidan yedi.
Copyright information for
UznUzbL