‏ Revelation of John 2

Efes shahridagi imonlilar jamoatiga

1“Efesdagi imonlilar jamoatining farishtasiga
jamoatining farishtasi — 1:20 izohiga qarang.
yoz:

Yetti yulduzni oʻng qoʻlida tutguvchi, yettita oltin chiroqpoya orasida yuruvchi Zot shunday demoqda:
2sening ishlaringni, mehnatingni, bardoshingni bilaman, badkirdorlarga toqat qilmasligingni ham bilaman. Havoriy boʻlmagan holda oʻzlarini havoriy deb aytganlarni sen sinading, ularning yolgʻonini fosh qilding. 3Ha, bardoshlisan. Mening nomim uchun koʻp qiyinchiliklarni boshdan kechirib, holdan toymading. 4Biroq senga bir eʼtirozim bor: sen Menga boʻlgan ilk sevgingni unutding. 5Eslagin axir, ilk sevgi bilan yashaganingda qanchalar yuksakda eding! Endi esa tavba qil, avvalgi ishlaringga qayt. Tavba qilmasang oldingga borib, chiroqpoyangni oʻz joyidan olib tashlayman. 6Ha, senda yana bir yaxshi fazilat bor: sen nikolaschilarning
nikolaschilar — oʻzlarini masihiymiz deb aytadigan mazhab. Chamasi, bu mazhab aʼzolari masihiylarni butlarga keltirilgan qurbonlik goʻshtini yeyishga va fahsh–zino qilishga undagan (shu bobning 14-15–oyatlariga qarang). Ularning bunday qarashlari, masihiylar uchun hech qanday cheklovlar yoʻq, degan tushunchani suiisteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Nikolaschilarning bu qarashlari Quddusdagi jamoat yetakchilari bergan koʻrsatmalarga mutlaqo zid edi (Havoriylar 15:28-29 oyatlarga va Havoriylar 15:20 ning izohlariga qarang).
ishlaridan nafratlanasan. Men ham ulardan nafratlanaman.

7Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin. Gʻolib kelganlarga Xudoning jannatidagi hayot daraxti
hayot daraxti — 22:2, 14 ga qarang.
mevasidan yeyishni nasib etaman.”

Smirna shahridagi imonlilar jamoatiga

8“Smirnadagi
Smirna — hozirgi Turkiyaning Izmir shahri.
imonlilar jamoatining farishtasiga yoz:

Oʻlib tirilgan, Birinchi va Oxirgi boʻlgan Zot shunday demoqda:
9chekkan azoblaringni
…chekkan azoblaringni… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida ishlaringni, chekkan azoblaringni.
, kambagʻalligingni bilaman. Aslida esa boysan! Oʻzini Xudoning xalqi deb ataganlar seni qanchalar haqoratlaganini ham bilaman. Ular Xudoning xalqi emas
Oʻzini Xudoning xalqi deb ataganlar…Ular Xudoning xalqi emas… — yunoncha matnda Oʻzlarini yahudiy deb ataganlar…Ular yahudiy emas…, oʻsha hududdagi masihiylarga qarshi chiqqan yahudiylarga ishora. Buning mohiyati shundaki, ular yahudiy boʻlsalar ham, Iso Masihning Xushxabarini rad qilganlari uchun, Xudoning xalqi hisoblanmas edilar. Yana Yuhanno 8:34-37, Rimliklar 2:28-29 ga qarang.
, balki shayton toʻdasidir.
10Boshingga tushadigan azob–uqubatlardan qoʻrqma! Bilginki, iblis sizlarni sinash uchun orangizdan baʼzilarni zindonga tashlaydi, oʻn kun
oʻn kun — ehtimol, azob kunlari qisqa muddatda tugashini bildiradigan ramziy sondir.
davomida azob chekasizlar. Oʻlim xavfi ostida boʻlganingda ham sodiq qol, shunda Men senga hayot tojini beraman.

11Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin. Gʻolib kelganlar ikkinchi oʻlimdan
ikkinchi oʻlim — doʻzaxga, Xudodan to abad ajralishga ishora (20:11-14, 21:8 ga qarang). Birinchi oʻlim insonning jismoniy oʻlimidir.
hech qanday zarar koʻrmaydilar.”

Pergamon shahridagi imonlilar jamoatiga

12“Pergamondagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz:

Oʻtkir dudama qilich Sohibi shunday demoqda:
13qayerda yashayotganingni
…qayerda yashayotganingni… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida ishlaringni, qayerda yashayotganingni.
bilaman. Shahringda shaytonning taxti joylashgan
Shahringda shaytonning taxti joylashgan — Pergamon Rim imperiyasining Asiya viloyatida joylashgan boʻlib, imperatorga sajda qilish markazi edi. Shu sababdan bu oyatda, shahringda shaytonning taxti joylashgan, deb aytilgan boʻlishi mumkin.
. Shunday boʻlsa–da, sen Mening nomimga qattiq bogʻlanding. Shayton yashayotgan oʻsha shahringda sodiq shohidim Antipas
Antipas — anʼanaga koʻra Asiyadagi birinchi masihiy shahid.
oʻldirilganda ham, sen Menga boʻlgan imoningdan qaytmading.
14Lekin senga bir oz eʼtirozim bor: orangizda Balom taʼlimotiga rioya qiluvchilar bor. Balom
Balom — Moʻab va Midiyon xalqlari bilan qilgan hamkorligi uchun Balom Isroil xalqining dushmani hisoblangan edi (Sahroda 25:1-5, 16-18, 31:16, Yoshua 13:22, 24:9-10, Yahudo 11–oyatga qarang).
Isroil xalqini yoʻldan ozdirish yoʻlini Boloqqa oʻrgatgandi. Boloq esa Isroil xalqini butlarga keltirilgan qurbonlik goʻshtini yeyishga va fahsh–zinoga undagandi.
15Shuningdek, orangizda nikolaschilar
nikolaschilar — shu bobning 6–oyati izohiga qarang.
taʼlimotiga ergashuvchilar ham bor.
16Endi tavba qil! Aks holda, Men zudlik bilan oldingga borib, ogʻzimdagi qilich bilan oʻshalarga qarshi jang qilaman.

17Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin. Gʻolibga Men pinhon saqlangan mannani
pinhon saqlangan manna — Zabur 77:24 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. Yana Yuhanno 6:32-58 ga qarang.
beraman. Unga oq toshni
oq tosh — ramziy maʼnoni ifodalab, Qoʻzining toʻy ziyofatiga kirish huquqini beradigan taklifnoma (19:9 ga va Luqo 13:29 ga qarang).
ham beraman. Bu toshning ustiga yangi bir ism yozilgan, toshni olgan kishidan boshqa hech kim u ismni bilmaydi.”

Tiyatira shahridagi imonlilar jamoatiga

18“Tiyatiradagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz:

Koʻzlari otash alangasiday chaqnoq, oyoqlari qizdirilgan bronzaday yarqiroq Xudoning Oʻgʻli shunday demoqda:
19sening ishlaring, sevging, imoning, xizmating va bardoshingni bilaman. Hozirda oldingidan ham koʻproq ish qilayotganingni bilaman. 20Lekin senga bir eʼtirozim bor: sen Izabel
Izabel — Eski Ahdda Isroil shohi Axabning butparast va yovuz xotini (3 Shohlar 16:30-31, 21:23-25, 4 Shohlar 9:22 ga qarang). Bu oʻrinda xulq–atvori Izabelnikiga oʻxshagan jamoatdagi bir ayol nazarda tutilgan boʻlsa kerak. Ehtimol, bu ayol nikolaschilar mazhabining aʼzosi boʻlgandir (shu bobning 6–oyati izohiga qarang).
degan boʻlmagʻur ayolga toqat qilib yuribsan. U oʻzini paygʻambar deb, taʼlimoti bilan qullarimni yoʻldan ozdiryapti. Ularni fahsh–zino qilishga va butlarga keltirilgan qurbonlik goʻshtini yeyishga undayapti.
21Fahsh–zinodan tavba qilishi uchun unga muhlat berdim, ammo u tavba qilishdan bosh tortyapti. 22Shunday ekan, Men uni xasta qilib, toʻshakka yotqizib qoʻyaman. U bilan birga fahsh–zino qilganlarni ham, bordi–yu, uning yoʻlidan qaytmasalar, qattiq azob–uqubatlarga duchor qilaman. 23Uning izdoshlarini
izdoshlari — yunoncha matnda farzandlari. “Farzandlari” deganda muallif Izabelning izdoshlarini nazarda tutgan boʻlishi mumkin.
oʻldiraman. Onglarni va yuraklarni bilguvchi Men ekanligimni shunda hamma jamoatlar bilib oladilar. Men orangizdagi har bir kishini oʻz qilmishiga yarasha jazolayman.

24Tiyatiradagi baʼzilaringiz Izabelning bu taʼlimotiga ergashmadingiz. Sizlar «shaytonning sirlari»
«shaytonning sirlari» — oʻsha Izabel deb atalgan ayol oʻrgatayotgan bir taʼlimotga ishora boʻlsa kerak. Baʼzi mazhablarning aʼzolari, imonlilarning ruhiy hayoti ularning oʻz tanalarida qilgan ishlariga aloqador emas, deb oʻrgatardi. Ularning taʼlimoti boʻyicha, inoyatni toʻliqroq tushunish va yovuzni yengish uchun imonlilar shayton haqida chuqurroq oʻrganishlari, hatto butparastlarning udumlari va marosimlariga qoʻshilishlari kerak emish.
deb atalgan narsalardan bexabarsizlar. Sizlarga shundan boshqa hech narsa yuklamayman:
25faqat Men kelgunimga qadar, imoningizda qattiq turinglar, deyman. 26Gʻolib kelganlarga va oxirigacha Mening irodamni bajarganlarga xalqlar ustidan hokimiyat beraman. 27Ular xalqlarni temir xivchin ila boshqarishadi. Sopol koʻzani sindirganday xalqlarni parchalashadi
Ular…parchalashadi — Zabur 2:9 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
. Otam Xudo Menga ato qilgan bu hokimiyat ularda boʻladi.
28Men ularga tong yulduzini
tong yulduzi — zuhra yulduziga ishora boʻlishi mumkin. Bu yulduz gʻalaba va hukmronlik ramzi edi.
ham beraman.

29Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”
Copyright information for UznUzbL