Revelation of John 20
Ming yillik tinchlik
1Men samodan tushayotgan bir farishtani koʻrdim. Uning qoʻlida tubsiz chuqurlikning kaliti va katta zanjir bor edi. 2Farishta ajdarhoni tutib oldi. Iblis va shayton deb atalgan bu almisoq ilonni u ming yil muddatga kishanlab qoʻydi. 3Yana xalqlarni aldamasin deb, uni tubsiz chuqurlikka tashlab, qamab qoʻydi. Ming yil tamom boʻlgunga qadar kiraverishni muhrladi. Ming yil oʻtgandan keyin uni qisqa bir muddatga ozod qilishi kerak edi. 4Bundan soʻng, men taxtlarni va taxtlarda oʻtirganlarni koʻrdim. Xudo taxtlarda oʻtirganlarni oqlagan edi ▼▼ Xudo…oqlagan edi — yoki Xudo taxtlarda oʻtirganlarga hukm etish huquqini bergan edi yoxud Xudo taxtlarda oʻtirganlarga hukmronlik huquqini bergan edi. Ammo Doniyor 7:22 ga ham qarang.
. Ular Iso haqidagi shahodati va Xudoning soʻzi tufayli boshi olinganlarning jonlari edi. Ular maxluqqa va uning tasviriga sajda qilmaganlar, peshanalari va qoʻllariga uning tamgʻasini bostirmaganlar. Ular tirilib, Masih bilan ming yil hukmronlik qildilar. 5– 6Bu birinchi tirilishdir. Birinchi tirilishda ishtirok etganlar baxtli va muqaddasdir. Ikkinchi oʻlim ▼▼ Ikkinchi oʻlim — shu bobning 11-14–oyatlariga va 14–oyatning izohiga qarang.
ularga hokim emas. Ular Xudoning va Masihning ruhoniylari boʻlib, U bilan ming yil davomida hukmronlik qiladilar. Qolgan oʻliklar esa ming yil oʻtmaguncha tirilmadi. Shayton jazolanadi
7Ming yil oʻtgach, shayton oʻz zindonidan ozod etiladi. U chiqib, yerning toʻrt burchagidagi xalqlarni, yaʼni Goʻg va Magoʻgni ▼▼ Goʻg va Magoʻg — ramziy nomlar. Bu nomlar oxirgi marta Xudoning xalqiga hujum qilish uchun yigʻiladigan dunyo xalqlariga ishora qiladi.
aldab, jangga toʻplaydi. Toʻplangan xalqlarning soni dengiz qumiday son–sanoqsiz boʻladi. 8Ular butun yer yuzini qoplab oladilar, Xudo azizlarining qarorgohini va Xudo yaxshi koʻradigan shaharni ▼▼ Xudo yaxshi koʻradigan shahar — yaʼni Quddus.
qamal qiladilar. 9Shunda osmondan olov tushib, ularni qirib tashlaydi. 10Ularni aldagan iblis oltingugurtli koʻlga tashlanadi. Maxluq va soxta paygʻambar ▼▼ soxta paygʻambar — 13:11-17 da aytib oʻtilgan ikkinchi maxluq nazarda tutilgan.
ham oʻsha koʻlga tashlangan edilar. Ular kechayu kunduz, abadulabad u yerda azob chekadilar. Qiyomat kuni
11Keyin men ulkan bir oq taxtni va taxtda oʻtirgan Zotni koʻrdim. Uning huzuridan yeru osmon qochar edi, biroq ularga yashiringani joy topilmadi. 12Men oʻsha ulkan taxt oldida turgan kattayu kichik oʻliklarni koʻrdim. Kitoblar ochildi. Hayot kitobi ▼▼ Hayot kitobi — Xudo Oʻziga tegishli boʻlganlarning ismlarini yozib qoʻygan kitob.
degan boshqa bir kitob ham ochildi. Oʻliklar kitoblarda yozilgani boʻyicha qilmishlariga yarasha hukm etildi. 13Dengiz oʻzidagi oʻliklarni berdi, oʻlim ham, oʻliklar diyori ▼▼ oʻliklar diyori — yahudiylar bu joyni, yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy, deb tushunardi.
ham oʻzlaridagi oʻliklarni berdi. Har bir kishi qilmishiga yarasha hukm etildi. 14Oʻlim va oʻliklar diyori olov koʻliga tashlandi. Mana bu olov koʻli ikkinchi oʻlimdir ▼▼ ikkinchi oʻlim — doʻzaxga, Xudodan to abad ajralishga ishora. Birinchi oʻlim insonning jismoniy oʻlimidir.
. 15Ismlari hayot kitobida yozilmaganlarning hammasi olov koʻliga tashlandi.
Copyright information for
UznUzbL