‏ Revelation of John 21

Yangi yeru osmon

1Shundan keyin men yangi bir osmon va yangi bir yerni koʻrdim. Avvalgi yeru osmon gʻoyib boʻlgan edi, dengiz ham endi yoʻq edi. 2Men muqaddas shahar — yangi Quddusni koʻrdim. Quddus samodan, Xudo huzuridan tushib kelayotgan edi. U kuyovi uchun bezanib olgan kelinchakka oʻxshar edi. 3Men taxtdan baland bir ovoz kelganini eshitdim. Oʻsha ovoz dedi:

“Xudoning maskani insonlar orasidadir!
U endi odamlar orasida yashaydi,
Ular Xudoning xalqi boʻladilar.
Xudoning Oʻzi ular bilan birga boʻladi.
4Xudo ularning koʻzidagi har bir tomchi yoshni artib qoʻyadi.
Endi oʻlim mavjud boʻlmaydi,
Hech kim qaygʻurmaydi, yigʻlamaydi, azob chekmaydi.
Zero, avvalgilar oʻtib ketdi.”

5Taxtda oʻtirgan Zot shunday dedi: “Mana, Men hammasini yangi qilib yaratyapman!” Keyin U menga dedi: “Bularni yozib qoʻy. Axir, bu soʻzlar ishonchli va toʻgʻridir!” 6Soʻng menga yana dedi: “Amalga oshdi! Ibtido va Intiho
Ibtido va Intiho — yunoncha matnda Alfa va Omega, yaʼni yunon alifbesining birinchi va soʻnggi harflari.
, Boshi va Poyoni Oʻzimman. Chanqaganga Men buloqdagi hayotbaxsh suvdan ichiraman. Buning evaziga u hech qanday toʻlov bermaydi.
7Gʻolib kelganlarga bu barakalar nasib boʻladi. Men uning Xudosi boʻlaman, u Mening oʻgʻlim boʻladi. 8Ammo qoʻrqoq, imondan qaytgan, iflos, qotil, buzuq, jodugar, butparast va hamma yolgʻonchilarning qismati olov va oltingugurt bilan yonayotgan koʻldadir. Bu ikkinchi oʻlimdir
ikkinchi oʻlim — doʻzaxga, Xudodan to abad ajralishga ishora. Birinchi oʻlim insonning jismoniy oʻlimidir.
.”

Yangi Quddus

9Shu payt men oxirgi yetti baloga toʻldirilgan yettita kosani ushlagan yetti farishtadan birini koʻrdim. U oldimga kelib, menga dedi: “Bu yoqqa kel! Men senga kelinni, Qoʻzining xotinini koʻrsataman.”

10Muqaddas Ruh meni qamrab oldi va farishta meni baland bir togʻning choʻqqisiga olib chiqdi. U menga samodan, Xudo huzuridan tushayotgan muqaddas shahar — Quddusni koʻrsatdi. 11Shahar Xudoning ulugʻvorligiga toʻlib, qimmatbaho javohirday, billur kabi musaffo boʻlgan yashma toshiday yarqirardi. 12Qalin va baland devor bilan oʻralgan bu shaharning oʻn ikki darvozasi bor edi. Har bir darvozani bittadan farishta qoʻriqlardi. Darvozalarda Isroil xalqining oʻn ikki qabilasi nomlari yozilgandi. 13Darvozalarning uchtasi sharqda, uchtasi shimolda, uchtasi janubda va uchtasi gʻarbda joylashgan edi. 14Shahar devorlarining oʻn ikkita poydevori bor edi. Poydevorlarga Qoʻzining oʻn ikki havoriysi ismlari yozilgandi.

15Menga gapirgan farishtaning qoʻlida oltin chizgʻichi bor edi. Bu chizgʻich shaharni, uning darvozalariyu devorini oʻlchash uchun edi. 16Shahar toʻrtburchak shaklda boʻlib, uzunligi bilan eni bir xil edi. Farishta chizgʻichi bilan shaharni oʻlchadi, shaharning eni 12.000 oʻq otimi
12.000 oʻq otimi — yunoncha matnda 12.000 stadion, taxminan 2250 kilometrga toʻgʻri keladi. Bu shahar katta kub shaklida tasvirlangan, bu timsol uning kattaligiga, barkamolligiga va chiroyiga ishora qiladi.
ekan. Uning uzunligi bilan balandligi ham shunday edi.
17Soʻng farishta shaharning devorini oʻlchadi. Devorning balandligi
balandligi — yoki qalinligi.
144 tirsak
144 tirsak — taxminan 65 metrga toʻgʻri keladi.
chiqdi. Farishta insoniy oʻlchovdan foydalangandi.
18Shahar devori yashma toshidan qurilgandi. Shaharning oʻzi esa shishaday tiniq, sof oltindan edi. 19Shahar devorlarining poydevorlari turli qimmatbaho toshlar
turli qimmatbaho toshlar — yunoncha matnda aytib oʻtilgan baʼzi qimmatbaho toshlarning turi bahsli.
bilan bezatilgan edi: birinchi poydevor yashmadan, ikkinchisi koʻk yoqutdan, uchinchisi agatdan, toʻrtinchisi zumraddan edi.
20Beshinchisi aqiq, oltinchisi laʼl, yettinchisi xrizolit, sakkizinchisi berill, toʻqqizinchisi topaz, oʻninchisi zabarjad, oʻn birinchisi lojuvard, oʻn ikkinchisi ametistdan edi. 21Oʻn ikki darvoza oʻn ikki marvariddan iborat edi. Har bir darvoza bitta marvariddan yasalgan edi. Shaharning shoh koʻchasi sof oltindan boʻlib, shishaday musaffo edi.

22Men bu shaharda Maʼbad koʻrmadim. Zotan, Qodir Xudo — Egamizning Oʻzi va Qoʻzi shaharning Maʼbadidir. 23Shaharni yoritish uchun quyoshga yoki oyga ehtiyoj ham yoʻq. Chunki Xudoning ulugʻvorligi uni yoritadi, Qoʻzining Oʻzi uning chirogʻi boʻladi. 24Xalqlar shaharning nurida yurishadi. Yer yuzi shohlari unga oʻz boyliklarini keltirishadi. 25Shahar darvozalari kun boʻyi yopilmaydi, u yerda tun boʻlmaydi. 26Xalqlarning ulugʻvor xazinalari unga kiritiladi. 27Lekin hech qanday harom narsa, jirkanch ishlar qiladigan yoki yolgʻon gapiradigan bironta kishi unga kirmaydi. Faqat Qoʻzining hayot kitobida
hayot kitobi — 3:5 izohiga qarang.
yozilganlar kiradilar.
Copyright information for UznUzbL