‏ Revelation of John 22

Hayot daryosi

1Farishta menga billurday tiniq, hayotbaxsh suvlar daryosini koʻrsatdi. Bu daryo Xudoning va Qoʻzining taxtidan chiqib, 2shahar koʻchasi boʻylab oqayotgan edi. Daryoning ikkala qirgʻogʻida ham hayot daraxti bor edi. Bu daraxt yilda oʻn ikki marta, har oy hosil beradi. Daraxtning barglari xalqlarga shifo baxsh etadi. 3Laʼnat degan narsa u yerda qolmaydi. Shaharda Xudoning va Qoʻzining taxti boʻladi, Xudoning qullari Unga xizmat qiladi. 4Ular Xudoning jamolini koʻradi. Xudoning ismi ularning peshanalariga yoziladi. 5U yerda boshqa tun boʻlmaydi. Chiroqqa ham, quyoshga ham ehtiyoj qolmaydi. Axir, Egamiz Xudo ularga nur sochadi, ular esa to abad hukmronlik qiladi.

Iso kelyapti

6Farishta menga shunday dedi: “Bu soʻzlar ishonchli va toʻgʻridir. Paygʻambarlarni ruhlantirgan Egamiz Xudo Oʻz qullari oldiga farishtasini yubordi. Toki farishta yaqin orada yuz berishi muqarrar boʻlgan voqealarni ularga bildirsin.”

7Masih shunday demoqda:
“Men tezda kelaman!
Bu kitobning bashorat soʻzlariga
Amal qilganlar baxtlidir!”

8Men, Yuhanno, bularni koʻrdim va eshitdim. Bularni koʻrib eshitganimdan keyin, bu narsalarni menga koʻrsatgan farishtaga sajda qilmoqchi boʻlib, oʻzimni uning oyoqlariga tashladim. 9Ammo u menga dedi: “Zinhor bu ishni qilma! Men sening hamkoringman, shuningdek, paygʻambar birodarlaringning va bu kitobdagi soʻzlarga rioya qiluvchilarning hamkoriman. Xudoga sajda qil!”

10Keyin menga yana shunday dedi: “Bu kitobning bashorat soʻzlarini sir saqlama, chunki vaqt yaqindir. 11Badkirdorlar yomonligini qilaversin. Ifloslar iflosligini davom ettiraversin. Solihlar esa toʻgʻri ish qilishdan toʻxtamasin, muqaddas odamlar oʻzini muqaddas saqlasin.”

12Masih shunday demoqda:
“Men tez kelaman, mukofotim Oʻzim bilan.
Har kimga qilmishiga yarashasini beraman.
13Men Ibtido va Intihodirman
Ibtido va Intiho — yunoncha matnda Alfa va Omega, yaʼni yunon alifbesining birinchi va soʻnggi harflari.
,
Birinchi va Oxirgi,
Boshi va Poyonidirman.”

14Liboslarini yuvganlar
Liboslarini yuvganlar — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida uning amrlariga boʻysunganlar.
naqadar baxtlidir! Ular hayot daraxti mevasidan yeyishga, shahar darvozalaridan kirishga haqli boʻladilar.
15Hamma “koʻppaklar” — jodugarlar, axloqi buzuqlar, qotillar, butparastlar, yolgʻonga ruju qoʻyib, hiyla ishlatganlar esa tashqarida qoladilar.

16“Men, Iso, Oʻz farishtamni oldingizga yubordim,
Toki u bular toʻgʻrisida jamoatlarimga shahodat bersin.
Men Dovud ildizidan chiqqan Zotdirman
Dovud ildizidan chiqqan Zot — Ishayo 11:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
, uning zurriyotiman,
Yorugʻ tong yulduziman.”

17Ruh ham, kelin ham: “Kel!” — deb chorlayapti. Ushbu bashorat soʻzlarni tinglayotgan kishi
Ushbu bashorat soʻzlarni tinglayotgan kishi… — 1:3 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
ham: “Kel!” — deb aytsin. Kim chanqagan boʻlsa, kelsin. Kim xohlasa, hayotbaxsh suvdan tekin bahra olsin.

18Bu kitobning bashorat soʻzlarini eshituvchi har bir kishini ogohlantiraman: kimda–kim bu soʻzlarga biror narsa qoʻshsa, Xudo ham oʻsha kishining jazosiga bu kitobda yozilgan balolarni qoʻshadi. 19Kimda–kim bu kitobdagi bashorat soʻzlaridan birortasini chiqarib tashlasa, Xudo ham oʻsha kishini bu kitobda yozilgan hayot daraxtidan va muqaddas shahardan benasib qiladi
…oʻsha kishini bu kitobda yozilgan hayot daraxtidan va muqaddas shahardan benasib qiladi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida oʻsha kishini hayot kitobidan, muqaddas shahardan va mazkur kitobda yozilgan narsalardan benasib qiladi.
.

20Bu gaplarning Shohidi: “Ha, Men tez kelaman!” — deb aytmoqda.

Omin! Yo Rabbimiz Iso, kelgin!

21Rabbimiz Isoning inoyati barchangizga yor boʻlsin
Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin.
.
Copyright information for UznUzbL